Axborot xavfsizligi, axborot xuruji, axborot va g'ayriaxborot Axborot makonining vujudga kelishi nafaqat uni bo'lib olish, balki unda kechayotgan jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishni hoxlovchi tomonlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Bu guruhlarning kurash vositasi ham aynan axborot qurolidir. Tahlilchilar axborot quroli deganda odamlarga ruhiy ta'sir ko'rsatadigan va ularning ustidan nazorat qilish imkonini beruvchi vositalarni, kompyuter viruslarini, mantiqiy bomba, telekommunikatsiya tarmoqlarida axborot almashinuvini bostiruvchi moslamalarni, davlat va harbiy sohalarni boshqarishda axborotlarni soxtalashtirish kabi harakatlarni nazarda tutishadi. Axborot xavfsizligiga nisbatan tahdidlarning asosiy ta'sir vositasi bir martalik tashviqot aksiyalari, uzoq muddatli targ'ibot kOmpaniyalari, mafkuraviy tazyiq, madaniy ekspansiya, axborot blokadasi kabi ruhiy-informatsion ta'sir vositalari hisoblanadi. Ruhiy-informatsion ta'sir asosan quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi: -diskreditatsiya - voqeaning ahamiyatini pasaytirib berish; -dezinformatsiya - axborotning manosini o'zgartirgan holda taqdim etish; - tuhmat; -etiborni chalg'itish; -faktlarni manfaat uchun buzib talqin qilish. Axborot xurujining ta'sir vositalari. Axborot xavfsizligiga tahdid manbalari ichki va tashqi manbalarga bo'linadi. Mutaxassislarning etirof etishicha, axborot xavfsizligining dolzarb muammoga aylanishiga asosan tashqi manbalar sabab bo'lgan. Chunki, bugun zamonaviy dunyoga egalik qilish uchun kurashning asosiy vositasi sifatida axborot tilga olinmoqda. Bunday vaziyatda axborot texnologiyalari va axborot boshqaruvi yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlar o'zidagi bu ustunlikdan ijtimoiy ongga ta'sir ko'rsatish yo'lida foydalanishdan tom manoda manfaatdor hisoblanadi. Axborot xavfsizligiga tahdidning tashqi manbalari: -chet el josuslik va maxsus xizmatlarining faoliyati; -chet el ommaviy axborot va global kommunikatsiya vositalari; -xalqaro guruhlar, tuzilmalar va alohida shaxslarning noqonuniy harakatlari; -axborot tarqatish va foydalanish bo'yicha xorijiy davlatlar siyosatining amalga oshirilishi -tabiiy ofatlar va fojealar . Axborot xavsizligia tahdidning manbaalari; tashqi manbaa Axborot xavfsizligiga tahdidning ichki manbalari: - siyosiy, iqtisodiy va jamoat tashkilotlarining, alohida shaxslar va guruhlarning axborot to'plash, tarqatish va foydalanish sohasidagi noqonuniy faoliyatlari; - axborot sohasida fuqarolar va tashkilotlar huquqlarining buzilishiga olib keluvchi davlat tizimlarining qonuniy harakatlari va ko'zda tutilmagan xatolari; - axborot tizimlarining dasturiy-texnik vositalarining bazaviy texnologiyalarini yaratish, sinash va ishlab chiqarish bo'yicha mahalliy sanoatning talab darajasida emasligi. Globallashgan axborot maydonida ruhiy-informatsion ta'sir vositalarini to'liq cheklash yoki nazorat qilish imkonsiz. Demokratik boshqaruv, fikrlar xilma-xilligi bunga yo'l qo'ymaydi. Aslida tarqatilayotgan har bir axborot qayta-qayta tekshirilgan bo'lishi kerak. Ammo reallik bu sarobni amalga oshirishga yo'l qo'ymaydi. Shuning uchun muammoning boshqa yechimlarini izlagan maqul. Birinchidan, tashqi tahdid kuchlariga nisbatan munosabatni shakllantirish. Ikkinchidan, fuqarolarning bilimini va tahlil qilish mahoratini o'stirish lozim. Toki ularning o'zi oqni qoradan ajratib olish imkoniyatiga ega bo'lsin. Uchinchidan, axborot oqimida jamiyat va davlat manfaatlariga mos bo'lgan axborotni odamlar tezroq qabul qiladigan va isxonadigan darajaga olib chiqish. Agar bu vazifa etarli darajada amalga oshirilsa, ...

Joylangan
14 Sep 2022 | 15:53:31
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.42 MB
Ko'rishlar soni
272 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 Sep 2022 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.42 MB
Ko'rishlar soni
272 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:14 ]
Arxiv ichida: pptx