C++ dasturlash tilida ro'yxat, stek va navbat

C++ dasturlash tilida ro'yxat, stek va navbat

O'quvchilarga / Informatika va AT
C++ dasturlash tilida ro'yxat, stek va navbat - rasmi

Material tavsifi

Ro'yxat, Stek va Navbat. Ro'yxat Ko'p misollarda tarkibi, hajmi o'zgaruvchan bo'lgan murakkab konstruksiyalardan foydalanishga to'g'ri keladi. Bunday o'zgaruvchan ma'lumotlar dinamik informasion strukturalar deb ataladi. Eng asosiy dinamik informasion struktura bu ro'yxatdir. Ro'yxat uchun 3 ta oddiy amal aniqlangan. Navbatga yangi element joylashtirish Navbatdan element o'chirish. Navbatni bo'sh yoki bo'sh emasligini aniqlash. Ro'yxat (xossasi) Ro'yxatning asosiy xossasi shundan iboratki, ixtiyoriy elementini o'chirish va ixtiyoriy elementidan keyin yangi element qo'shish mumkin. Bu amallar boshqa elementlarga ta'sir o'tkazmaydi. Bir bog'lamli Ro'yxatning har bir bo'g'inida ma'lumot va keyingi element adresi joylashgan. Agar bu ko'rsatkich nol qiymatga ega bo'lsa ro'yxat oxirigacha o'qib bo'lingan bo'ladi. Ro'yxatni ko'rib chiqishni boshlash uchun birinchi elementining adresini bilish yetarli. Ro'yxat (xossasi) Bir bog'lamli ro'yxat elementlari quyidagi strukturali tur orqali ta'riflangan obyektlardan iborat bo'ladi struct strukturaliturnomi struktura elementlari; struct strukturaliturnomi*ko'rsatkich; ; Bu ro'yxat ma'lumot saqlovchi maydonlar, hamda keyingi element adresini saqlovchi ko'rsatkichdan iborat. Ro'yxat Quyida ko'riladigan bir bog'lamli ro'yxat har bir tuguni butun son va keyingi element adresi saqlanadigan ko'rsatkichdan iborat. Eng birinchi elementi boshlang'ich marker bo'lib ma'lumot saqlash uchun emas balki ro'yxat boshiga o'tish uchun xizmat qiladi. Bu element hech qachon o'chirilmaydi. Ro'yxat elementi quyidagi strukturali tur obyekti struct slistnode int info; struct slistnode* next; ; Ro'yxat bilan ishlovchi asosiy funksiyalar void delete(struct slistnode*p) - berilgan tugundan keyingi elementni o'chirish void insert(struct slistnode*p, int nn) - berilgan elementdan keyin element qo'shish int empty(struct slistnode*beg) - ro'yxat bo'shligini tekshirish Bu funksiya asosida quyidagi funksiyalar kiritilgan struct slistnode* creatslist(int size) - berilgan sondagi tugundan iborat ro'yxatni yaratish. Tugun axborot qismi klaviatura orqali kiritilgan sonlar bilan to'ldiriladi. void freeslist(struct slistnode* beg) - ro'yxatni o'chirish void printslist(struct slistnode* beg) - ro'yxat elementlarini ekranga chiqarish Stek Stek deb shunday strukturaga aytiladiki, stekka kelib tushgan oxirgi elementga birinchi bo'lib xizmat ko'rsatiladi va stekdan chiqariladi. Mazkur ko'rinishdagi xizmat ko'rsatishni LIFO (Last input-First output, ya'ni oxirgi kelgan - birinchi ketadi) nomlash qabul qilingan. Stek bir tomondan ochiq bo'ladi Masalan, Korobkaga taxlangan disklar, tagma-tag qo'yilgan tarelkalar va hokazo. Steklar asosan arifmetik ifodali masalalarni tahlil qilishda, perebor (ajratish) li masalalarda hamda graflardagi algoritmlarda ishlatiladi. Stek (misol) Misol. Stek 4 ta sondan tashkil topgan bo'lsin. Ular o'z navbatida 0, 1, 2 va 3 bilan raqamlangan. h = 4 ga teng, ya'ni stekda 4 ta son bor va keyingi qo'shilayotgan sonni o'rni stek massivida 4 bo'ladi. Stekni massiv orqali quyidagicha tasvirlash mumkin: Stek (misol) Stek boshiga element qo'shish uchun qiymatni yozamiz va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 96.85 KB
Ko'rishlar soni 296 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:19 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 96.85 KB
Ko'rishlar soni 296 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga