Ekspert tizimlarning informatsion texnologiyalari Reja: 1. ET xarakteristikasi va vazifalari 2. Asosiy tuzilmasi 3. Foydalanuvchi interfeysi 4. Bilimlar bazasi 5. Interpretator ET xarakteristikasi va vazifalari Eng ko'p taraqalgan kompyuterli informatsion tizimlar orasida, sun'iy intellektdan foydalanishga asoslangan ekspert tizimlarni ishlab chiqish muhim masala hisoblanadi. Ekspert tizimlar menedjer yoki ushbu tizimlar to'plagan bilimlar asosida ekspert maslahatlarini olishga imkon beradi. sun'iy intellekt deganda odatda kompyuterli tizimlarning shunday harakatlar qobiliyatiga aytiladiki, agar u odam tomonidan amalga oshirilsa intellektual deyilardi. Ko'pincha bu tushunchada odamning fikrlashi bilan bog'liq bo'lgan qobiliyati ko'zda tutiladi. sun'iy intellek sohasidagi ishlar ekspert tizimlar bilan chegaralanmaydi. Ular robotlarni yaratish, odamning nerv sistemasini, uning ovozini, ko'rishini, hissiyotini, o'rgatish qobiliyatini modellashtiruvchi tizimlarni xam o'z ichiga oladi. Ekspert tizimlar texnologiyasidan foydalanishning bosh g'oyasi, xar gal zaruriyat tug'ilganda ekspertning bilimidan, uni kompyuter xotirasiga yuklab foydalanishdan iborat. sun'iy intellektning asosiy dasturidan biri - ekspert tizimlar biror bilim sohasining ekspert tajribalarini evristik qoidalari shaklida ifodalovchi kompyuteriy programmalardir. Evristiklar, qaror qabul qilishni qo'llab - quvvatlovchi texnologiya doirasidagi masalalarni xal etishda foydalanadigan oddiy algoritmdek optimal natijalarni ishonchli tarzda olishga kafolat bermaydi. Ammo ular tavsiya etadigan natijalarni amalda etarli darajadagi qaror sifatida qullash mumkin. Bularning xammasi ekspert tizimlar texnologiyasini maslahatchi tizimlar sifatida ishlatishga imkon beradi. Ekspert tizimlar va qaror qabul qilishni qo'llab quvvatlovchi tizimlarda foydalanadigan informatsion texnologiyalar orasidagi o'xshashlik qaror qabul qilishni yuqori darajada qullab - quvvatlashdan iborat. Ammo uchta muhim farqi mavjud. Birinchisi - qaror qabul qilishni qo'llab quvvatlovchi tizim doirasida muammoning yechimi foydalanuvchi tomonidan uni tushunish darajasini va yechim qarorni olish va obdan o'ylab ko'rishi imkoniyatini aks etadi. Ekspert tizimi texnologiyasida esa aksincha. Ko'rsatilgan texnologiyalarning ikkinchi farqi ekspert tizimlarning qaror qabul qilish jarayonidagi mulohazalarni tushuntirib berishda ifodalanadi. Ko'pincha ushbu tushunchalar qarorning o'ziga ko'ra foydalanuvchi uchun muhimroq bo'ladi. Uchinchi farqi informatsion texnologiyaning yangi komponentasi - bilimdan foydalanishdir. foydalanuvchi Foydalanuvchi interfeysi Interpretator Bilimlar bazasi Muammoviy soha Bilimlar bo'yicha mutaxassis Tizimni yaratuvchi modul Ekspert tizimlardagi informatsion texnologiyaning asosiy tuzilmasi Menedjer interfeysdan ma'lumot va komandalarni ekspert tizimiga kiritish va undan natijaviy ma'lumotlarni olish maqsadida foydalanadi. Kamandalar(buyruqlar) - bilimlarni ishlov berish jarayonini yo'naltiruvchilaridan tarkib topgan. ma'lumot odatda qiymatlar shaklida ifodalanib muayyan o'zgaruvchilarga beriladi. Menedjer ma'lumotlarni kiritishda 4 usulidan foydalanishi mumkin: menyu, komandalar (buyruqlar), tabiiy til va shaxsiy interfeys. Ekspert tizimlarning texnologiyasi natijaviy ma'lumot sifatida nafaqat yechimini, balki zaruriy tushuntirishlar imkoniyatini xam ko'zda tutadi. Bu yo'nalishda ikki xil tushuntirishlar mavjud: 1. So'rov asosida beriladigan tushunchalar. Foydalanuvchi xoxlagan laxzada ekspert tizimidan uning harakatlarini tushuntirib berishni talab qilishi mumkin. 2. Olingan muammo yechimining tushuntirishlari. yechimni olgandan sung ...

Joylangan
14 Sep 2022 | 15:53:31
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
31.72 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:28
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 Sep 2022 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
31.72 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:28 ]
Arxiv ichida: ppt