O'zbekistonDA AXBOROT - KOMMUNIKATSIYA TYeXNOLOGIYaLARINING RIVOJLANISh ISTIQBOLLARI Fuqarolarning axborotni izlash, olish va uni tarqatish bo'yicha Konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash Fuqarolarning axborotni izlash va olish bo'yicha konstitutsiyaviy huquqlarni ta'minlash demokratik va huquqiy davlatni shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 29-modda. Har kim fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o'zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega… O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 30-modda. O'zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo'lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 35-modda. Har bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Axborotlashtirish sohasidagi asosiy me'yoriy-huquqiy hujjatlar O'zbekiston Respublikasining 10 dan ortiq Qonuni; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta Farmoni; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari hamda 100 ga yaqin sohaga oid me'yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. Axborotlashtirish sohasidagi asosiy qonunlar Prezident Farmon va Qarorlari Vazirlar Mahkamasi Qarorlari Axborotlashtirish to'g'risidagi Qonun Ushbu qonunning maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni; axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma'lumotlar banki, ma'lumotlar bazasi; axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori - axborot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi - qonun bilan yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yohud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; axborot texnologiyasi - axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar; axborot tizimi - axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risidagi Qonun axborot-kutubxona resursi - moddiy obyektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni ta'minlash uchun rekvizitlarga ega bo'lgan axborot; axborot-kutubxona faoliyati - axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona fondlarini shakllantirish va axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni tashkil etish bo'yicha faoliyati; axborot-kutubxona fondi - tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslarining majmui; axborot-kutubxona xizmati ko'rsatish ...

Joylangan
14 Sep 2022 | 15:53:31
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.75 MB
Ko'rishlar soni
198 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:16
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 Sep 2022 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.75 MB
Ko'rishlar soni
198 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:16 ]
Arxiv ichida: ppt