Saytlarda fotosuratning qo'llanilishi taqdimot

Saytlarda fotosuratning qo'llanilishi taqdimot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Saytlarda fotosuratning qo'llanilishi taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Fotosurat - jurnalistikaning asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, asosan tasvir orqali bayon qilish, voqelikni xronologik tarzda aks ettirish bilan ifodalanadi. Saytdagi fotosuratda obyektiv yondashuv muhim o'rin tutadi. Chunki bu suratlar sodir bo'lgan biror aniq hodisani o'zida aks ettiradi. Fotojurnalistika 1880 va 1897 yillarda janr sifatida shakllanib, matbaachilikda qo'llanila boshlandi va bosma nashrlar hayotiga kirib keldi. Birinchi nashr etilgan yarim qog'ozli reproduktiv yangilik The Daily Graphik (Nyu-York) gazetasida 1880 yil 4 martda bosib chiqarildi. Ingliz suratkashi Jeykob Riys tomonidan olingan bu surat matbuot tarixida birinchi foto ishi sifatida muhrlandi. 1897 yillardan keyin fotografiya gazeta va jurnallarning bir bo'lagiga aylandi Ikkinchi jahon urushidan keyin fotojurnalistikada tub burilish sodir bo'ldi, yani Yaponiya, Yevropava AQSHda ishlangan tezkor va kompakt kameralardan keng foydalanila boshlandi. 1970 yillardan keyin esa fotojurnalistika va hujjatli fotografiya sifat jihatidan asta-sekin badiiy fotografiya bilan tenglasha bordi Toshkent shahrining ilk fotosuratlari shaxsan Turkiston general-gubernatori K.P.fon Kaufmanning buyrug'i bilan Politexnika ko'rgazmasi uchun sharqshunos va etnograf Aleksandr Kun tomonidan 1871-1872 yillari tuzilgan Turkiston albomida chop etilgan edi. Shahar fotosuratlari N.Nexoroshev, K. Stsiborovskiy, D. Nazarov va S. Nikolyalar tomonidan olingan edi. 1910 yili shaharda 20 ta fotoatele faoliyat yuritardi. Ammo 19 asrning oxiri va 20-asrning boshlarida Turkistonda suratga tushirish shariat qonunlari tomonidan yo'l qo'yilmas edi va mullalar bunga qarshi tish tirnog'i bilan kurashishardi. XIX asr oxirida Toshkentda fotografiya va nafis san'at turlari ishqibozlarining Turkiston jamiyati tashkil topadi. 1899 yilning 19 sentyabridan 26 sentyabrigacha Toshkentda birinchi Turkiston fotografiya ko'rgazmasi o'tkazildi. fotografiya shartli ravishda quyidagi tur va janrlarga bo'linganiga guvoh bo'ldik: maishiy foto, hujjatli foto, ilmiy-amaliy foto, fotoreportaj, fotoportret, fotopeyzaj, fotonatyurmort janrdagi suratlar. Fotografiyadagi suratlarni janr bo'yicha ikki turga bo'ladigan bo'lsak, axborot janrlariga maishiy, hujjatli, ilmiy-amaliy, reportajli portret, kirsa badiiy-publitsistik janrlarga peyzaj, natyurmortni kirgizish mumkin Axborot janrlar turkumiga kiruvchi fotosuratlar voqea-hodisalarning o'quvchi ko'ziga ko'rinmas detallarini, shuningdek bugungi kunning dolzarb mavzularini sodda, oddiy ko'rinishda ochib berishga xizmat qilmoqda. Maishiy fotosuratda asosan kundalik hayotdagi voqealarni o'zida aks etadi. Hujjatli fotografiya, bu malum bir insonning yoki obyektning hujjat uchun olingan suratidir. Yaqin kunlargacha hujjatli surat termini ishlatilmas edi. Bugungi kunda mazkur janrdagi fotosuratlarga ijtimoiy xarakterga ega bo'lgan voqea-hodisalarni ham kiritishmoqda. Badiiy -publitsistik janrdagi suratlarning asosiylaridan biri bo'lgan peyzaj (fransuzcha Raysage, pays so'zidan olingan bo'lib - mamlakat, joy manolarini bildiradi) - ushbu janrda tasvir obyekti tabiat hisoblanadi. Ulkan kengliklar tasvirini peyzaj, deb talqin etish qabul qilingan. portret (fransuzcha portrait, qadimgi fransuzcha portraire - biror bir narsani aslicha tasvirlash) - biror bir kishi yoki bir guruh odamlarni tasvirlash. Portret janrini studiyaviy, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 8.37 MB
Ko'rishlar soni 163 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:25 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 8.37 MB
Ko'rishlar soni 163 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga