Windows OS va uning imkoniyatlari

Windows OS va uning imkoniyatlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Windows OS va uning imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Windows OS va uning imkoniyatlari R Ye J A 1. Windows haqida umumiy tushunchalar 2. Windows muhitida asosiy imkoniyatlari 3. WINDOWS operatsion sistemasi ishchi stoli 4. Kompyuterning asosiy ish prinsipi 1. Windows haqida umumiy tushunchalar Axborot- bu 1) manbalari va taqdim etilish shaklidan qatiy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to'g'risidagi ma'lumotlardir. 2) insonning sezgi organlari orqali qabul qilinadigan barcha ma'lumotlar majmui. Axborotning xususiyatlari: Axborotning uzluksiz ravishda paydo bo'lishi; Har qanday ma'lumot axborot bo'lavermasligi; Axborotlar harf yoki raqamlarda ifodalanishligi; Axborot uning yaratuvchisi doirasidan tashqarida faoliyat ko'rsatishligi; Axborotlar ustida mantiqiy amallar bajarilishiligi; Axborotlar shakl va tasvirdan iborat bo'lishligi. Windowsning asosiy tushunchalari Shakl va tasvirdan iborat axborotlarni kompyuterda qayta ishlash texnologiyasini yaratish borasida Microsoft firmasi ko'pgina izlanishlar olib bordi. Natijada kompyuterni grafik rejimda ishlatish texnologiyasini ishlab chiqdi, yani MS DOS muhiti uchun grafik qobiq dasturi yaratildi va uni Windows deb atadi. Ushbu grafik qobiqning yaratilishi kompyuter qurilmalari ishlashini muvofiqlashtirishda va yanada yangi texnologiya asosida taraqqiy ettirishiga hamda kompyuter xizmatini hayotga kengroq joriy qilishga olib keldi. Demak, Windowsning asosiy vazifasi- bu grafik qobiqlar uchun yaratilgan amaliy dasturlar bilan ishlash texnologiyasini boshqarishdan iborat. Windows xuddi DOS dasturlari kabi Win.com bilan yuklanadi. davomi Windowsning asosiy elementlari dasturlar va fayllar menejeri bo'lib, ular NC vazifalariga o'xshash funksiyalarni bajaradi. Windows qobig'ining asosiy tushunchasi-oyna (okno) bo'lib, har bir amalliy dastur o'z oynasiga ega holda ish yuritadi. Windows muhitida ishlash jarayonida dasturlar rangli belgi bilan ifodalangan to'g'ri to'rtburchak shaklida o'z aksini topadi va uni piktogramma deb ataymiz. Piktogrammalarni yuklash uchun tez harakat qiladigan «sichqoncha» tugmachalaridan foydalanamiz. Kontekstmenyu- sichqonchani o'ng tugmachasini bosish natijasida paydo bo'ladigan buyuruqlar ketma-ketligidan iborat bo'lgan oynachadir. Bir turdagi vazifalarni bajaradigan qator dasturlar dastur guruhi deb ataladi va ular o'z piktogrammasiga ega bo'ladi. Operatsion tizim ta'rifi: Operatsion tizim(OT)- bu kompyuter zaxiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o'zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini taminlovchi dasturiy vositalar yig'indisidir. OTning qisqacha ta'rifi Windows imkoniyatlari quyidagilardan iborat: universal grafika-Windows dasturlarini qurilmalar va programma ta'minotiga bog'liq emasligini ta'minlaydi, yagona interfeys-Windowsda foydalanuv-chi kompyuter bilan muloqot qilish (bog'lanish) tartibi bir xil, yani turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiy. Bu esa yangi dasturlar bilan ishlashning umumiy qoidalaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi. davomi Moslashish - WINDOWS ning boshqa dasturiy ta'minoti bilan moslashishi, yani MSDOSning barcha amaliy dasturlari bilan matnli muharrirlar, elektron jadvallari ishini ta'minlaydi; Ko'p masalaligi - Windows bir vaqtning o'zida bir necha masalalarni echadi va bir dasturdan boshqasiga o'tishni ta'minlaydi; Windows mavjud operativ xotiradan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 977.81 KB
Ko'rishlar soni 224 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 977.81 KB
Ko'rishlar soni 224 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga