Windows XP operatsion tizimi va unda ishlash

Windows XP operatsion tizimi va unda ishlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Windows XP operatsion tizimi va unda ishlash - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Windows operatsion tizimi va unda ishlash Asosiy savollar: 1. Windows operatsion tizimi va u bilan ishlash. 2. Windows XP operatsion tizimning asosiy elementlari. 3. Windows XP operatsion tizimda ishlatiladigan tezkor tugmalar. Windows - bu operatsion tizim (OT), yani maxsus dastur bo'lib, u inson bilan kompyuter o'rtasida muloqotni o'rnatadi hamda kompyuterning barcha qurilmalarining ishini boshqaradi. Operatsion tizimning turlari juda ko'p, masalan MS DOS, OS2, UNIX, LINUX va hoka'zolar. Windows - bu inglizcha so'z bo'lib, oynalar degan manoni anglatadi, yani Windows tizimida barcha dasturlar «oyna» ko'rinishida ishlaydi. Windows - Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo'lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo'lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanishni iloji boricha soda, o'rganish uchun oson va qulay, shu bilan birga foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Hozirgi kunda mazkur talablarga javob beruvchi operatsion tizim bu - MS Windows XR grafik operatsion tizimi hisoblanadi. Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo'lsa, Windows 98, Windows 200, Windows XR va boshqa keyingi ishlab chiqarilayotgan versiyalari o'zi mustaqil bo'lib, kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning bo'lishini talab qilmaydi. WINDOWS XP operatsion tizimda sichqoncha bilan ishlash Sichqoncha Windows XRda ishlash uchun qulay vosita hisoblanadi. Amallarning ko'pchiligi klaviatura hamda sichqoncha yordamida bajarilishi mumkin. Albatta, har kim o'zi uchun tez va oson bo'lgan usulni tanlab oladi. Windows XRda ishlayotganda, asosan sichqonchaning faqat ikkita: chap va o'ng tugmachalari ishlatiladi. Ulardan biri asosiy (ishchi) tugmacha hisoblanadi. Odatda, bu chap tugmacha bo'ladi, ammo chapaqaylar uchun xuddi shu vazifada o'ng tugmachani ham belgilash mumkin (Buning uchun Boshqaruv panelidagi Sichqoncha dasturidan foydalaniladi). Ikkinchisi esa yordamchi tugmacha sifatida ishlatiladi. Uni bosish bilan Suzuvchi menyu chaqiriladi. Ushbu menyu ajratilgan element uchun o'sha onda kerak bo'ladigan amallarni bajarishi mumkin. So'nggi paytlarda uchta: chap, o'rta va o'ng tugmachali sichqonchalar keng tarqaldi. O'rta tugmacha mavjud oynani tepa yoki pastga o'tkazish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, Windows asosan sichqoncha bilan ishlasada, shu bilan birga uning ko'p amallarini tugmalar yordamida ham bajarish mumkin. Sichqoncha ko'rsatkichi - sichqoncha harakatlantirilganda ekranda belgilarning harakatlanishi. U odatda «» (strelka) ko'rinishida bo'ladi, lekin ayrim vaqtda o'z ko'rinishini o'zgartirishi mumkin (, , , va h.). Sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish- (ingliz tilida- click) obyektlarni belgilashda ishlatiladi. Sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish- (ingliz tilida- double click) - biror obyekt ustiga sichqoncha ko'rsatkichi keltirilgandan so'ng sichqonchaning chap tugmasini tezlik bilan ikki marta bosiladi. Windows XP operatsion tizimni ishchi stoli Windows XR operatsion tizim ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 503.86 KB
Ko'rishlar soni 207 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 503.86 KB
Ko'rishlar soni 207 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga