Zamonaviy operatsion tizimlarning ishlash asoslari taqdimot

Zamonaviy operatsion tizimlarning ishlash asoslari taqdimot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Zamonaviy operatsion tizimlarning ishlash asoslari taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Zamonaviy operatsion tizimlarining ishlash asoslari Tizimli dasturiy ta'minot (TDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan: -komputerning va komputerlar tarmog'ining ishonchli va samarali ishlashini ta'minlash; -komputer va komputerlar tarmog'i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish. Tizimli dasturiy ta'minot ikkita qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy ta'minot va yordamchi (xizmat ko'rsatuvchi) dasturiy ta'minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta'minot komputer bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko'rsatuvchi dasturiy ta'minot alohida, qo'shimcha tarzda yaratilishi mumkin. Asosiy dasturiy ta'minot (base software) - komputer ishini ta'minlovchi dasturlarning minimal to'plamidan iborat bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: - operatsion tizim (OT); - tarmoq tizimlari. Yordamchi (xizmat ko'rsatuvchi) dasturiy ta'minotga asosiy dasturiy ta'minot imkoniyatlarini kengayturuvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, komputerning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta'minlovchi va boshqa dasturlardir. Shunday qilib, tizimli dasturiy ta'minotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin. Kompyuterdan foydalanishni osonlashtiruvchi tizim dasturlarining yadrosi operatsion tizimlardir. Operatsion tizim foydalanuvchi bilan komputer orasida bevosita muloqot o'rnatishni, komputerni boshqarishni, foydaldnuvchi uchun qulaylik yaratishni, komputer resurslaridan oqilona foydalanish va hoka'zolarni ta'minlovchi dasturlardir. Operatsion tizimga fan tilida ta'rif beradigan bo'lsak u quydagicha jaranglaydi. Operatsion tizim (OT) - bu kompyuter texnikasi zaxiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o'zaro aloqasini amalga oshiruvchi, foydalanuvchining komputer bilan muloqatini ta'minlovchi dasturiy vositalar yig'indisidir. Kompyuter texnikasining istalgan komponentlari va ularga beriladigan imkoniyatlar: markaziy prossesor, tezkor yoki tashqi xotira, tashqi qurilmalar,dasturlar va boshqalar zaxira bolib xizmat qiladi. Operatsion tizim foydalanuvchiga hisoblash tizimi bilan qulay muloqat qilish usulini (interfeys) taqdim etadi. Interfeys bunda dasturiy va foydalaniladigan bo'lishi mumkin. O'z navbatida foydalanuvchi interfeys buyruqli yoki obyektli-yo'naltirilgan bo'lishi mumkin. Buyruqli interfeys komputer zahiralarini boshqarish bo'yicha harakatlarni bajarishda foydalanuvchi tomonidan buyruqlarni klaviaturadan kiritishni ko'zda tutadi. obyektli-yo'naltirilgan interfeys - fayllar, kataloglar, diskovodlar, dasturlar, hujjatlar va boshqalarni taqdim etuvchi obyektlar ustidan operasiyalarni Operatsion tizim Tarmoq OT Tashxis dasturlari Antivirus dasturlar Arxivlashtirish dasturlari Tarmoq dasturlari Asosiy DT Xizmat ko'rsatuvchi DT amalga oshirish vositasida hisoblash tizimlari zahiralarini boshqarishdir. Har bir komputer albatta operatsion tizim turkumiga ega bo'ladi, ularning har biri uchun amaliy dasturlarning o'z tukkumi yaratiladi. Hozirgi paytda turli operatsion tizimlar mavjudj. Masalan: UNIX, LINUX, MS DOS, OS2, WARP, WINDOWS, Macintoch, Android, Kai OS, Lineage OS, Fire OS, Flyme OS, iOS, Windows 10 Mobile, Sailfish OS, Tizen, Remix OS va boshqalar. Dasturlar odatda magnit yuritgichlarga joylashgan bo'ladi. Ammo operatsion tizimlar va u bilan bog'liq dasturlar ancha katta hajimga ega bo'lgani uchun keyingi paytlarda lazer disklariga yozilmoqda. Ba'zi bir tizimli dasturlar, masalan, kiritish-chiqarishning asosiy tizim dasturlari (ular ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 366.81 KB
Ko'rishlar soni 199 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:43 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 366.81 KB
Ko'rishlar soni 199 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga