С++ Builder muhitida grafika Shakllarni chizish Chizish sirti С++ Builderda chizish sirti - TCanvas sinfi dasturi ishlashi paytida rasm chizish imkonini beradi. Bu sinf ob'ekti sirt bo'yicha ko'chish, grafik primitivlar chizish, rasmlarni va sirtning biror qismini nusxalash, hamda matnni chop qilish imkonini beruvchi xossa va metodlarni o'z ichiga oladi. Har bir Canvas xossasiga ega komponenta o'z navbatida qalam, kist va shrift ob'ektlarini o'z tarkibiga oladi va mos ravishda Pen, Brush va Font xossalariga ega. Shakllarni chizish Pen xossasi rangga (Canvas-Pen- Color), chizishning piksellerdagi qalinlikka (Canvas-Pen- Width), chizilayotgan chiziq toifasiga (Canvas-Pen-Style) ega. Chiziq toifasi quyidagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin: psSolid - uzluksiz chiziq (kelishuv bo'yicha); psDash - tire belgilaridan hosil bo'lgan chiziq; psDot - nuqtalardan tashkil topgan chiziq; psDashDot - nuqta va tire ketma-ketliklaridan iborat chiziq; psDashDotDot - tire va nuqtalardan ketma-ketliklaridan iborat chiziq; psClear - ko'rinmas chiziq; psInsideFrame - chizish sirtini chegaralovchi to'g'ri to'rtburchak ichidagi chiziq. Chizish sirti Brush xossasi geometrik shakllar, masalan, to'g'ri to'rtburchak va ellips ichini to'ldirish naqshini aniqlaydi. U quyidagi xossalarga ega: Canvas-Brush-Color - kist ranggi; Canvas-Brush-Style - kist toifasini aniqlaydi va u quyidagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin: bsSolid -shakl yuzasi to'liq bo'yaladi; bsClear -shakl yuzasi bo'yalmaydi; bsHorizontal - parallel chiziqlar bilan; bsVertical - vertikal chiziqlar bilan; bsFDiagonal - yuqoriga qaragan chiziqlar bilan; bsFDiagonal - yuqoriga pastga chiziqlar bilan; bsCross - to'r bilan; bsDiagCross - egri chiziqlardan hosil bo'lgan to'r bilan. Sohani bo'yash Canvas obektining muhim xossalaridan biri Canvas-Pixels[x][y] xossasi bo'lib, u ko'rsatilgan koordinatadagi piksel rangini aniqlaydi. Bu xossa qiymatini o'qish va unga qiymat yozish mumkin. Geometrik shakllar chizish uchun quyida keltirilgan funksiyalardan foydalanish mumkin: Arc(int X1, int Y1, int X2, int Y2, int X3, int Y3, int X4, int X4) - yoy chizish. Bu erda (X1,Y1) va (X2,Y2) - mos ravishda yoy chiziladigan to'rtburchak sohaning chap yuqori va o'ng past uchlari koordinatasi. (X3,Y3) va (X4,Y4) nuqtalar mos holda yoy boshlanishi va oxiri koordinatasi. Nuqtalar bilan chizish Chord(int X1, int Y1, int X2, int Y2, int X3, int Y3, int X4, int X4) - ellips vatarini chizish. Bu erda (X1,Y1) va (X2,Y2) - mos ravishda yoy chiziladigan to'rtburchak sohaning chap yuqori va o'ng past uchlari koordinatasi. (X3,Y3) va (X4,Y4) nuqtalar mos holda vatar boshlanishi va oxiri koordinatasi. Ellipse(int X1, int Y1, int X2, int Y2) - rang bilan to'ldirilgan ellipsni chizish. Bu erda (X1,Y1) va (X2,Y2) - mos ravishda yoy chiziladigan to'rtburchak sohaning chap yuqori va o'ng past uchlari koordinatasi. Rectangle(int X1, int Y1, int X2, int ...

Joylangan
14 Sep 2022 | 15:53:31
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
28.86 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:44
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 Sep 2022 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
28.86 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:44 ]
Arxiv ichida: ppt