Algoritmni tasvirlash usullari

Algoritmni tasvirlash usullari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Algoritmni tasvirlash usullari - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: ALGORITMNI TASVIRLASH USULLARI REJA: Avvalgi darslarda keltirilgan bir qator misollar inson og'zaki nutqida ishlatiladigan so'zlar orqali ifodalangan edi (masalan, choy damlash yoki yig'indi hisoblash algoritmi). Algoritmning bunday tasvirlash usulida ijrochi uchun ko'rsatma jumlalar orqali buyruq shaklida beriladi. Misol tariqasida suv havzasi oldida turgan A litrli va B litrli suv idishi bor ijrochi uchun A ni to'ldir; B ni to'ldir; A dan B ga quy; B dan A ga quy; A ni bo'shat; B ni bo'shat ko'rsatmalar sistemasini olish mumkin. Bu ijrochiga xos masalaning maqsadi o'lchab olinishi kerak bo'lgan suv miqdorining A yoki B idishlardan birortasida hosil bo'lishidir. 1. Algoritmni so'zlar yordamida ifodalanishi. 1-masala. A=3 va B=5 bo'lganda Suvchi 1 litr suv o'lchab olishi uchun algoritm tuzing. Bu masalaning maqsadga yetkazuvhci algoritmini so'zlar yordamida tuzish qulay: 2.Algoritmni formulalar yordamida ifodalanishi. Bu usul matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi fanlarda ko'plab foydalaniladi. Formulalardagi +, , ·,  kabi arifmetik amallarning hisoblash qoidalariga rioya qilgan holda bajarilishi ham algoritmga misol bo'ladi. ko'rinishidagi kvadrat tenglamani yechish algoritmining quyida keltirilgan formula orqali ifodasi bilan tanishsiz: Algoritmning bu ko'rinishda berilishi ham sizga tanish. Masalan, maktabdagi dars jadvali, Pifagorning ko'paytirish jadvali, lotareya yutuqlar jadvali, Mendeleyev kimyoviy elementlar jadvali. Bunday jadvallardan foydalanish ma'lum bir algoritm qo'llashni talab etadi. 3. Algoritmni jadval yordamida ifodalanishi. Biror funksiyaning grafigini chizish uchun ham funksiyaning argument qiymatlariga mos qiymatlar jadvalini hosil qilamiz. Bu ham algoritmning jadval ko'rinishiga misol bo'ladi. Masalan, y=x2 algoritm asosida harakat qilayotgan ijrochi o'tadigan nuqtalarni ba'zilari ko'rsatilgan quyidagi jadval bilan matematikadan tanishsiz: Algoritmning bu ko'rinishdagi ifodasi bilan matematikadagi funksiyaning grafigi, kerakli uyni oson topish uchun dahalarda o'rnatilgan uylarning joylashish sxemasi, avtobuslarning yo'nalish sxemasi orqali sizga tanish. 4. Algoritmni grafik shaklda ifodalanishi. Algoritmlash asoslarini o'rganishning yana bir qulay grafik shakli blok-sxema usulidir. Blok-sxemalar yo'nalish chiziqlari orqali tutashtirilgan ma'lum buyruq yoki ko'rsatmani aks ettiruvchi maxsus geometrik shakllar - bloklardan tashkil topadi: 5. Algoritmni dastur shaklida ifodalanishi Ma'lumki, kompyuter dasturlar asosida ishlaydi va boshqariladi. Siz hozirgacha MS Word, Paint va MS Excel kabi amaliy dasturlar bilan ishla­dingiz. Shuni ta'kidlash joizki, har bir amaliy dastur ham juda katta va murakkab algoritmning bir ko'rinishidir. Demak, bu kabi algoritmlar bajarilishi uchun algoritm ijrochisiga, ya'ni kompyuterga tushunarli bo'lishi lozim. Odatda, algoritmning kompyuter tushunadigan tilda yozilishi dastur deb ataladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi. Jahonda minglab dasturlash tillari mavjud va yana rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda BASIC, Pascal, VBA, Delphi, C, C++ dasturlash tillari keng tarqalgan va o'rganish uchun qulay. THANK YOU FOR YOUR ATTENTION ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 330 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:03 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 330 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga