Mavzu: C++ da satrli kattaliklar va ular bilan ishlash Reja: String turidagi satrlar haqida; Satr qismini boshqa satrga nusxalash funksiyasi; Satr qismini boshqa satrga qo'shish funksiyasi; Satr qismini boshqa satr ichiga joylashtirish, o'chirish, almashtirish, ajratib olish va izlash funksiyalari; Xulosa. C++ tilida standart satr turiga qo'shimcha sifatida string turi kiritilgan va u string sinfi ko'rinishida amalga oshirilgan. Bu turdagi satr uchun '0' belgisi tugash belgisi hisoblanmaydi va u oddiygina belgilar massivi sifatida qaraladi. string turida satrlar uzunligining bajarila-digan amallar natijasida dinamik ravishda o'zgarib turishi, uning tarkibida bir qator funksiyalar aniqlanganligi bu tur bilan ishlashda ma'lum bir qulayliklar yaratadi. string turidagi o'zgaruvchilar quyidagicha e'lon qilinishi mumkin: string s1,s2,s3; Bu turdagi satrlar uchun maxsus amallar va funksiyalar aniq-langan. string satrga boshlang'ich qiymatlar har xil usullar orqali berish mumkin: string s1=birinchi usul; string s2(ikkinchi usul); string s3(s2); string s4=s2; Bir satr qismini boshqa satrga yuklash uchun quyidagi funksiya-larni ishlatish mumkin, ularni prototipi kuyidagicha: assign(const string str); assign(const string str,unsigned int pos, unsigned int n); assign(const char *str, int n); Birinchi funksiya qiymat berish amal bilan ekvivalentdir: string turidagi str satr o'zgaruvchi yoki satr o'zgarmasni amalni chaqiruvchi satrga beradi: string s1,s2; s1=birinchi satr; s2.assign(s1); s2=s1 amalga ekvivalent Misol: string s1,s2,s3; s1=0123456789; s2.assign(s1,4,5); s2=45678 s3.assign(s1,2,20); s3=23456789 Yana bir misol: char * strold; cin.getline(strold,100);0123456789 kiritiladi string s1,s2; s2.assign(strold,6); s2=012345 s3.assign(strold,20); s3=0123456789 Satr qismini boshqa satrga qo'shish funksiyalari quyidagicha: append(const string str); append(const string str,unsigned int pos, unsigned int n); append(const char *str, int n); Bu funksiyalarni yuqorida keltirilgan mos assign funksiya-lardan farqi - funksiyani chaqiruvchi satr oxiriga str satrni o'zini yoki uning qismini qo'shadi. Misol: char * sc; cin.getline(sc,100); 0123456789 kiritiladi string s1,s,s2; s2=sc; s1=misol; s=aa; s2=0123456789 s2.append(abcdef); s2+=abcdef amali va s2=0123456789abcdef s1.append(s2,4,5); s1=misol45678 s.append(ss,5); s=aa012345 Bir satrga ikkinchi satr qismini joylashtirish uchun quyidagi funksiyalar ishlatiladi: insert(unsigned int pos1,const string str); insert(unsigned int pos1,const string str, unsigned int pos2,unsigned int n); insert(unsigned int pos1,const char *str, int n); Bu fuksiyalar append kabi ishlaydi, farqi shundaki, str satrini yoki uning qismini funksiyani chaqiruvchi satrning ko'rsatilgan pos1 o'rnidan boshlab joylashtiradi. Bunda amal chaqiruvchi satrning pos1 o'rindan keyin joylashgan belgilar o'nga suriladi. Misol: char * sc; cin.getline (sc,100); 0123456789 satri kiritiladi unsigned int i=3; string s1,s,s2; s2=sc; s1=misollar; s=xyz; s2=0123456789 s2.insert(i,abcdef); s2=012abcdef3456789 s1.insert(i-1,s2,4,5); s1=mi45678sollar s.insert(i-2,sc,5); s=x01234yz Satr qismini o'chirish uchun quyidagi funksiyani ishlatish mumkin: erase(unsigned int pos=0,unsigned int n=npos); Bu funksiya, uni chaqiruvchi satrning pos o'rnidan boshlab ...

Joylangan
14 Sep 2022 | 17:28:13
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
ppt
Fayl hajmi
1.29 MB
Ko'rishlar soni
402 marta
Ko'chirishlar soni
59 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 10:16
O'zgarish: ppt fayl yangilangan
Joylangan
14 Sep 2022 [ 17:28 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
ppt
Fayl hajmi
1.29 MB
Ko'rishlar soni
402 marta
Ko'chirishlar soni
59 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 10:16 ]
O'zgarish: ppt fayl yangilangan