Kompyuter grafikasining rivojlanishi

Kompyuter grafikasining rivojlanishi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter grafikasining rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: KOMPYUTER GRAFIKASINING RIVOJLANISHI. REJA: 1. Komp'yuter grafikasi va dizayni fanini o'qitishdan maqsad va vazifalar. 2. Kompyuter grafikasi va dizayn tushunchasi. 3. Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari. Komp'yuter grafikasi va dizayni fanini o'qitishdan maqsad va vazifalar: Bugungi kunga kelib, jamiyatntng xech bir jabxasini kompyuter va kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin bo'lib qoldi. Fanni o'qitilishidan maqsad: kompyuter grafikasi va dizayn xaqida umumiy tushunchalar va tasvirni kompyuter ekranida chiqarish, qayta ishlash haqida ma'lumot berish. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun fan doirasida qo'yidagi vazifalar yechiladi: ikki (2D) va uch (3D) o'lchovli grafika algoritmlarini o'rganish: ob'ektni tasvirlash, geometrik almashtirishlar, geometrik proyeksiyalar, rastr algoritmlari, ko'rinmas chiziq va sirtlarni olib tashlash, buyash, rang va yorug'lik bilan ishlash algoritmlarini urganish; dasturlash tizimlarining grafik vositalari bilan tanishish; grafik dizayn asosiy tushunchalarini o'rganish; rastr, vektor va animatsiya grafikalari bilan ishlovchi amaliy dasturlar (Photoshop, CorelDraw) da ishlash asoslari o'rganish. Fanni o'zlashtirishga qo'yiladigan talablar Kompyuter grafikasi va dizayn o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: kompyuter grafikasi, kompyuter grafikasining amaliy dasturlash muhiti haqida tasavvurga ega bo'lishi; tasvirni vizuallashtirish usullarini; asosiy rang modellaridan foydalanishni; tasvirlarni berishning usul va algoritmlarini; dizayn asoslarini; kompyuter grafikasining amaliy dasturiy vositalarini bilishi va ulardan foydalana olishi; tasvirni vizuallashtirish, asosiy rang modellari bilan ishlash, tasvirlarni berishning usul va algoritmlaridan foydalanish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak. Kompyuter grafikasi uzoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to'laqonli grafik tizimlar mavjud bo'lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (KG) va kompyuter animatsiyasi (KA) atamalaridan foydalaniladi. Kompyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko'rinishlari o'z ichiga olsa kompyuter animatsiyasi dinamik o'zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi. Kompyuter grafikasi - EHM boshqaruvida grafik ob'ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o'zgartirish va tahrirlashdir. Kompyuter animatsiyasi - ekranda tasvirlarni jonlantirish, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir. Kompyuter grafikasi dunyo fanida yangi fundamental fan hisoblanib, o't­gan asrning 90-chi yillarida paydo bo'ldi va ishlab chiqarish­ni­ng barcha sohasida kadrlar tayyorlab berishda o'ziga xos mustaqil ahamiyatga egadir. Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va undagi texnikaviy, dasturiy vositalarining yangilanib borishi ushbu kursning ha­mi­sha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo'nalishlarni tinmay o'rganib borishni taqozo etadi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta o'zgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya'ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini o'zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama - skanerlar, grafik ish stantciyalari; dasturiy vositalar sohasida esa xaqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi. КОМПЬЮТЕР ГРАФИКАСИ ВА ДИЗАЙН Математика Чизма геометрия Муҳандислик графикаси Дизайн Информатика Тасвирий саънат Бошқа мутахассислик фанлари Дастурлаш тиллари Основные значения разрешения и ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati ppt
Fayl hajmi 281.5 KB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 10:20 O'zgarish: ppt fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati ppt
Fayl hajmi 281.5 KB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: ppt fayl yangilangan
Tepaga