OSI etalon modeli, uning umumiy ta'rifi va tarixi

OSI etalon modeli, uning umumiy ta'rifi va tarixi

O'quvchilarga / Informatika va AT
OSI etalon modeli, uning umumiy ta'rifi va tarixi - rasmi

Material tavsifi

OSI etalon modeli. OSI pog'onasining tarixi, pog'onalari, ularning vazifasi, asosiy protokollari, pog'onalarning o'zaro bog'lanishi va xizmatlari Reja OSI etalon modeli. Umumiy ta'rifi, tarixi OSI pog'onalari, ularning vazifasi Tarmoqning protokol modeli OSI modelida pog'onalarning o'zaro bog'lanishi va xizmatlari OSI etalon modeli. Umumiy ta'rifi, tarixi «Open Systems Interconnection Basic Reference Model - Ochiq tizimlarning o'zaro bog'lanish etalon modeli deb nomlangan model dastlabki ko'rininshida hujjat bo'lib ro'yxatdan o'tkazilan. 1978-yilda u OSI ISO tarmoq protokollari stekining tarmoq modeli hisoblandi. Modelning maqsadi har bir pog'onada hozirda mavjud yoki mavjud bo'lmagan har xil texnologiyalar ishlashiga qaratilgan. 1978-yil (28.02.-2.03) OSI qo'mitasining birinchi yig'ilishi, ya'ni modelni «xomaki varianti» qabul qilinadi. yilda CCITT (hozirda xalqaro Telekommunikatsiya Ittifoqi yoki ITU-T telekommunikatsiya standartlashtirish sektori deb nomlanadi) va ISO hujjatlari birlashtirilib, Ochiq tizimlarning o'zaro aloqasi uchun asosiy etalon modeli yaratildi, odatda Open System Interconnection Reference Model, OSI Reference Model yoki shunchaki OSI modeli deb nomlanadi. 1984 yilda u ISO tomonidan ISO 7498 standarti bilan, hamda ITU-T tomonidan X.200 standarti sifatida nashr etilgan. OSI ikkita asosiy tarkibiy qismga ega, bu tarmoqning abstrakt modeli bo'lib, u Asosiy etalon modeli yoki yetti pog'onali model deb nomlangan va o'ziga xos protokollar to'plami. OSI mos yozuvlar modeli tarmoq konsepsiyalarini o'qitishda katta yutuq bo'ldi. U tarmoq qurilmalari va dasturiy ta'minot o'rtasidagi o'zaro muvofiqlikni belgilaydigan protokol pog'onalarining izchil modeli g'oyasini ilgari surdi.OSI modeli. Etalon modelga muvofiq hisoblash tarmog'i taqsimlangan axborot hisoblash muhiti sifatida taqdim etiladi. Ushbu muhit vertikal bo'yicha har biri axborot hisoblash muhiti asosiy vazifalardan birini bajaruvchi qator mantiqiy pog'onalarga bo'linadi. Gorizontal ravishda esa u ISO ochiq tizimi qurilishi talablari va standartlariga javob bera oladigan, ochiq tizim deb ataluvchi lokal qismga bo'linadi. Ochiq tizimlar o'zaro bog'lanishi (OSI- Open System Interconnection) atamasi tizimlar orasidagi ma'lumot uzatish jarayonlariga tegishlidir, ya'ni hamkorlikda foydalaniladigan standartlarni ishlatishlari tufayli bir - birlari uchun tizimlar ochiqdir. Etalon modelning umumiy ko'rinishi Ochiq tizimlarining tavsiflari va vositalarini aniqlaydigan konseptual asosi sifatida OSI etalon modeli ishlatiladi. U ochiq tizimlarning turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan tizimlarning bir tarmoqda ishlashini ta'minlovchi o'zaro bog'lanishini aniqlaydi va kuyidagilami muvofiqlashtiradi: qo'llanish jarayonlarning o'zaro bog'lanishini; ma'lumotlarni taqdim etish shakllarini; ma'lumotlar saqlanilishi bir xilligini; tarmoq resurslarini boshqarish; ma'lumotlar xavfsizligi va axborot himoyasini; dasturlar va texnik vositalarning tashxisini. Model xalqaro standartlar tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, butun dunyoda axborot tarmoqlari konsepsiyasining va ular turlarining asosi sifatida foydalaniladi. OSI modelida o'zaro bog'lanish vositalari 7 ta: qo'llanishilovalar, taqdim etish, seans, transport, tarmoq, kanal va fizikaviy pog'onalarga bulinadi. Har bir pog'ona ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 537.85 KB
Ko'rishlar soni 410 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:19 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 537.85 KB
Ko'rishlar soni 410 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga