(3D) Uch o'lchovli kompyuter grafikasi [info-referat]

(3D) Uch o'lchovli kompyuter grafikasi [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
(3D) Uch o'lchovli kompyuter grafikasi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Кompyuter grafikasi. 2 va 3 o'lchovli grafikasining algoritim asoslari. Кompyuter grafikasi o'zoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to'laqonli grafik tizimlar mavjud bo'lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (КG) va kompyuter animasiyasi (КA) atamalaridan foydalaniladi. Кopyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko'rinishlari o'z ichiga olsa kompyuter animasiyasi dinamik o'zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi. Кompyuter grafikasi - EHM boshqaruvida grafik ob'ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o'zgartirish va tahrirlashdir. Кompyuter animasiyasi - ekranda tasvirlarni jonlantirish, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir. Кompyuter grafikasi - informatikaning mahsus qismi bo'lib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o'rganadi. Virtual fazoda xajmli ob'ektlarni yaratish usullarini o'rganuvchi soha uch o'lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi. Кompyuter grafikasi turlari. To'zilishiga ko'ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo'lishi mumkin. Masalan tasvir xosil qilishda skaner uni ko'pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo'lib chiqadi va ulardan rastrli surat xosil qiladi. Piksel - bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo'lib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma'lum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo'yicha (800) va vertikal bo'yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni qanchalik ko'p bo'lsa tasvirning ekrandagi va qoq'ozda chop etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori bo'ladi. Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bo'yalish rangini ko'rsatish orqali xosil qilinadi. Masalan oq fondagi qizil ellips bor yo'q'i ikki formula - to'q'ri to'rtburchak va ellipsning ranglari, o'lchamlari va joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli rasmdan ko'ra kamroq joy egallaydi. Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi - ularning sifatini yo'qotmagan xolda kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkoniyatidir. Ob'ektlarni masshtablash matematik formulalardagi mos koeffisientlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib rastrli yoki vektorli formatni tanlash tasvir bilan ishlash maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Rangni o'zatishning fotografik aniqligi talab etilgshanida rastrli formatdan foydalanish lozim. Logotip, sxemalar va chizmalarni tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuni ta'kidlash lozimki, rastrli va vektorli tasvirlashda (matn ham) grafika ekranga yoki chop etish qurilmasiga nuqtalar jamlanmasi sifatida o'zatiladi. Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari. Xozirgi ko'nga kelib kompyuter grafikasi va animasiyasi vositalari kirib bormagan soxani topish qiyin. Кompyuter grafikasi va animasiyasi vositalarini qo'llanish soxasiga ko'ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin: poligrafiya ishlari uchun mo''ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari; ikki o'lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi; taqdimot ishlari uchun mo''ljallangan dasturlar; ikki o'lchamli animasiya dasturlari; uch o'lchamli animasiya dasturlari; ikki o'lchamli animasiya dasturlari; ikki o'lchamli va uch o'lchamli animasiya dasturlari; videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar; ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.07 KB
Ko'rishlar soni 494 marta
Ko'chirishlar soni 84 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 23:59 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.07 KB
Ko'rishlar soni 494 marta
Ko'chirishlar soni 84 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga