Adobe Photoshop dastur interfeysi [info-referat]

Adobe Photoshop dastur interfeysi [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Adobe Photoshop dastur interfeysi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Adobe Photoshop dasturi interfeysi. REJA: Photoshop dasturi haqida Photoshop dasturini ishga tushirish 3. Photoshop dasturi interfeysi Photoshop dasturi rasmlar bilan ishlashda eng qulay dastur hisoblanadi.Bundan tashqari Image Ready dasturi Web grafika bilan ishlashga asoslangan.Photoshop dasturi turli xil ko'rinishdagi rasm formatlarini o'qish imkoniyatiga ega.Bu dastur yordamida turli xil ko'rinishdagi animatsiyala,foto roliklar,montajlar va boshqa shu turdagi ishlarni amalga oshirsa bo'ladi. Adobe PhotoShop dasturni ishga tushirish uchun Windows ningasosiy menyu tugmasini bosamiz, uning ichidan Programmы bo'limini tanlaymiz va Adobe nomli guruhdan Adobe PhotoShop nomli buyruqni tanlaymiz. Bosh oynaning elementlari. Demak, Adobe Photoshop CS dasturini o'rnatdingiz va ruyxatdan samarali o'tib, birinchi marta uni ishga tushirdingiz. Ekranda dasturning asosiy oynasi hosil bo'ladi. Oynaning markazida asosiy ish bajariladigan hujjat o'rni mavjud bo'lib, unda grafik fayl ishga tushiriladi. Ushbu interfeys Adobe ning barcha dasturlari uchun standart hisoblanadi va Photoshop da interfeysdan foydalangandan so'ng esa, shu firmaning boshqa dasturlarini o'rganishda olingan ko'nikmalarni qo'llash mumkin. Photoshop dasturidan birinchi marta foydalanayotgan bo'lsangiz, boshqa dasturlar bilan ham ishlay olmaysiz va natijada uni o'rganish mushkul ko'rinadi. Aslida hecham qiyin emas - balki bir necha vakt o'tgandan so'ng Photoshop muhitida ishlashni o'rganib olasiz. Dasturning asosiy oyna tarkibini ko'rib o'tamiz. Menyu satri. Barcha ilovalar uchun standart element hisoblanadi. Unda butun dunyo bo'ylab qabul qilingan standartlar mavjud bo'lib, Photoshop xam bundan mustasno emas, balki u ham File bilan boshlanib Help da tugaydi. File - Ushbu menyu asosan ishning boshida va so'ngida qo'llaniladi, chunki uning ko'pchilik funktciyalari fayllarni yaratish, yuklash, va xotiraga saqlash bilan bog'liq Edit - bu menyuda muharrirlashtirishning asosiy buyruqlari joylashgan. Image - menyusi esa, tasvirlar bilan ishlash uchun yaratilgan. Uning buyruqlari ko'pgina amallarda qo'llaniladi. Layer - qavatlar bilan ishlash. Select - rasm qismini ajratish va o'zgartirish. Filter - bu menyuda filtrlar ko'rsatilgan bo'lib, bir qancha funktciyalarni bajaruvchi Photoshop dasturining qo'shimcha modullaridir. View -interfeysni sozlashning turli ko'rinishi bo'lib, foydalanuvchi o'ziga mos ravishda qo'llaydi. Window - Ushbu menyu yordamida ekrandagi uskunalar panelini va hujjatlarning joylashuvini o'zgartirish mumkin. Help - tizim haqida ma'lumot beruvchi buyruqlar to'plami. Uskunalar paneli. Dasturning Ushbu elementi boshqa barcha buyruqlarga nisbatan ko'pincha qo'llaniladi. Unda uskunalar joylashgan bo'lib, barcha asosiy amallar ular yordamida bajariladi. Ko'pchilik uskunalarda strelka belgisi ko'rsatilganligiga e'tibor bering. Bu esa o'z navbatida, uning tagida qo'shimcha uskunalar paneli joylashganligini bildiradi. Uni ochish uchun uskuna tugmasini sichqoncha bilan belgilab ma'lum vaqt bosib turish lozim. Ushbu paneldan Biron uskuna tugmasi belgilanganda, asosiy panelda hosil bo'ladi. Bu usul panel hajmini qisqartirish maqsadida bajariladi. Parametrlar paneli. Bu erda barcha o'zgartirilishi mumkin bo'lgan uskunalar parametrlari ko'rsatiladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.69 KB
Ko'rishlar soni 305 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.69 KB
Ko'rishlar soni 305 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga