Algoritmlash asoslari | Algoritmning asosiy xossalari [info-referat]

Algoritmlash asoslari | Algoritmning asosiy xossalari [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Algoritmlash asoslari | Algoritmning asosiy xossalari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Algoritmlash asoslari. Algoritmning asosiy xossalari. Reja: Masalalarni EXMda yechish bosqichlari. Masalani EXMda yechishning algoritmlash bosqichlari. Algoritm tushunchasi va unga misollar. Algoritmning asosiy xossalari. Algoritmni tavisflash usullari. Dasturlash tillari va ularni sinflash. Algoritmning asosiy turlari. Xulosalar. Informatikada masala yechish tushunchasi deganda axborotlarni qayta ishlab, natijani oldindan belgilangan malum bir ko'rinishga olib kelish tushuniladi. EXMdan flydalanib masalani yechish - yaratilgan algoritmga asoslangan holda dastlabki ma'lumotlar ustida avtomatik tarzda amallar bajarilib izlangan natija (natijalar) ko'rinishiga keltirish demakdir. Informatika fanining tarkibiy qismlari. Informatika fani uch tarkibiy kismdan iborat: Masalalarni EXMda yechish bosqichlari. EXMdan foydalanib «ilmiy-texnik masalani yechish» tushunchasi keng manodagi so'z bo'lib, quyidagi bosikchlarga bulinadi. maqsadimiz bosqichlarni kaysi birlarini mutaxassis EXMdan foydalanmasdan va kaysi birlarini EXMdan foydalanib bajarishini aniqlash, hamda bosikchlarni tula urganib chiqishdan iborat. Ilmiy-texnik masalalarni EXMdan foydalanib yechish bosikchlari: Masalaning kuyilishi va maqsadning aiklanishi; Masalani matematik ifodalash; Masalani yechish uslubini ishlab chiqish, sonli usullarni tanlash; Masalani yechish algoritmini ishlab chiqish; ma'lumotlarni tayerlash va tarkibini aniqlash(tanlash); Dasturlash; Dastur matnini va ma'lumotlarni axborot tashuvchiga o'tkazish; Dastur xatolarini tuzatish; Dasturni avtomatik tarzda EXMda bajarilishi; Olingan natijalarni izoxlash, tahlil qilish va dasturdan foydalanish uchun ko'rsatma ezish. «Informatika» kursida 1-4 bosqichlar qisqa manoda, xususiy holatlar, ko'p uchraydigan murakkab bo'lmagan muommolar uchun tushuntiriladi. Bu bosqichlar tom manoda tulaligicha mutaxassislikni egallash davomida maxsus kurs vositasida urgatiladi. 8 va 9-bosqichlarni bajarishda mutaxassis (EXMdan foydalanuvchi) EXMdan foydalanadi. 7-bosqichda EXMdan foydalanish xam, foydalanmaslik xam mumkin. ITMni Exmda yechish bosikchlarini alohida ko'rib chiqamiz. 1-bosqich. MASALANING KUYILIShI VA maqsadNI aniqlash. xalq xo'jaligining muayyan sohasi (texnika, iqtisod, lingvistika, ta'lim va x.k.) bo'yicha ishlaetgan (ishlagan) malakali va yetakchi mutaxassis tomonidan bajariladigan ish. Masalani kuyish va maqsadni aniqlash uchun malakali mutaxassis bir necha kun, oy, xattoki yillab izlanishi mumkin. qo'yilgan masalani amalga oshirish uchun kerali ma'lumotlar tarkibi (strukturasi), tuzilishi, ifodalanishi aniqlangan bo'lib, ular orasidagi bog'lanishlar aniq ifodalangan bulsa masala qo'yilgan deb aytiladi. 2-bosqich. MASALANI MATYeMATIK IFODALASh. Bu bosqichda masalani yechish uchun kerakli va etarli bo'lgan dastlabki ma'lumotlarni tarkibi, tavsifi, turi, tuzilishi hisobga olingan holda matematik terminlarda ifodalanadi, hamda masalaning yechishning matematik modeli yaratiladi. Buning uchun har xil (sohaga karab) matematik apparat ishlatilishi mumkin. Masalan, iqtisod sohasidagi mutaxassislar - chiziqli dasturlash, dinamik dasturlash, stoxastik dasturlash, bashorat (prognoz) qilish bilan bog'liq bo'lgan masalalarni yechish matematik apparatini bilishi kerak; texnik sohasidagi mutaxassislar oddiy differientsial tenglamalar va ularning tizimlari, mexanikaning chetki (kraevie) masalalarini, gaz dinamikasiga oid masalalarni ifodalash va yechish uchun ishlatiladigan matematik apparatni tulik tushunib etgan bo'lishi kerak. Mutaxassis o'z sohasini xar tomonlama yaxshi urgangan va amaliy jihatdan puxta uzlashtirgan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.25 KB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.25 KB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga