Arxivlashtirish dasturlari: fayllarni arxivlashtirish haqida umumiy ma'lumot. RAR va ZIP arxivator dasturlari. Reja: Arxivlangan fayllar bilan ishlash. ARJ dasturi. Tomli arxivlash. Arxivlangan fayllar bilan ishlash Arxivlangan fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar bilan ishlashda, ya'ni fayllarni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirishda, nusxa olishda, saqlab qo'yishda, elektron pochta orqali axborot yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug'iladi. Avvalo arxivlash bilan bog'liq bo'lgan asosiy tushunchalarni kiritamiz, keyin arxivlash uchun ko'p qo'llaniladigan asosiy arxivatorlar (arxivlovchi dasturlar) bilan tanishamiz. Fayllarni arxivlash - fayllarni ma'lum bir qoida asosida siqilgan, ixchamlangan holatda diskda saqlash demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan chiqishi yoki faylning tasodifan o'chirilishi sodir bo'lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash uchun yordam beruvchi vosita sifatida ham qo'llaniladi. Arxivlash BACKUP paket dasturi orqali ham (Win95 muhitida) amalga oshiriladi. Bu dastur haqidagi to'la ma'lumotlarni Spravka bo'limidagi fayllarni arxivlash kalit so'zli buyruq orqali olish mumkin. Umuman arxivlash - bu uzoq muddat saqlanuvchi fayllar, kam qo'llaniladigan, eski hujjatlar, har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm va boshqalarni saqlash uchun qo'llaniladi. Arxiv bir qancha qismlardan iborat bo'lishi va unda har bir fayl alohida ko'rinishda saqlanishi mumkin. Bunday arxiv fayllari ko'p tomli deb ataladi. Shunday arxivlardan katta hajmli ma'lumotlarini qismlarga bo'lib disketlarga sig'adigan, qulay ko'rinishga keltirish uchun foydalanish mumkin. Bunda har bir qism fayl ham arxiv fayli deb ataladi. Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar guruhi, to'liq fayllar strukturasi bo'yicha yoki papkalar bo'yicha ham qilish mumkin. Arxiv- lanuvchi fayllarda papkalar ko'p bulsa, ularni oldin bitta papkaga yig'ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida arxivlangan holdagi ma'lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi. Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba'zi hollarda arxivlash natijasida boshlang'ich fayl 10 - 20 baravar siqilishi ham mumkin. Masalan, dastur fayllariga nisbatan matn va rasm fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi. Hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish darajasi, tezligi, foydalanishda qulayliklari, imkoniyat darajasi jihatidan farq qiladi. Foydalanuvchi zar xil turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi bo'yicha farqlaydi. Siqish turi shu arxivning formati deyiladi. Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini bildiruvchi sarlavhaga ega bo'ladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi ma'lumotlar saqlanadi: fayl nomi; fayl saqlanuvchi katalog haqida ma'lumot; faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti; faylning diskdagi va arxivdagi o'lchami; arxivning to'liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning stiklik tekshirish kodi. Arxiv fayllar ham oddiy fayllar kabi nomlanadi va maxsus kengaytmaga ega bo'ladi. Masalan, PKZIPPKUNZIP dasturlarning fayllari .ZIP, ARJ dasturining fayllari . ...
![Arxivlashtirish dasturlari | RAR va ZIP [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.47 KB
Ko'rishlar soni
232 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.47 KB
Ko'rishlar soni
232 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: docx