AutoCAD dasturida ishlash bo'yicha qo'llanma [info-referat]

AutoCAD dasturida ishlash bo'yicha qo'llanma [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
AutoCAD dasturida ishlash bo'yicha qo'llanma [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

AutoCAD dasturida ishlash bo'yicha qo'llanma AutoCAD ishga tushirilgandan so'ng dastlab, chizma bajarish uchun dastur parametrlari o'rnatilishi lozim. Ushbu parametrlar o'qituvchi tomoidan o'rnatilib, talaba bevosita chizma topshiriqlarini bajara oladigan holatga keltiriladi. Ish stoli quyidagi tartibda jixozlanishi mumkin: Ushbu panellar zaruriy parametrlar bo'lib, ular yordamida o'quv kursining barcha topshiriqlari bajariladi. Ishchi oyna panellari bilan tanishib chiqsak. Menu satri va Standart asboblar paneli bizga informatika fanidan tanish. Ularning aksariyat funksiyalari Windows qobig'ining barcha dasturlari (Wopd, Excel, Access) kabidir; «Свойства» - xususiyatlar paneli chizma chiziqlari rangini, turini va qalinligini belgilab beradi. Faol tugmalardan biri tanlansa interaktiv oyna ochiladi va unda kerakli parametrlar tanlanadi: Chiziq turini tanlash tugmasi bosilganda uning ostida axborot oynasi ochilib dastlabki mavjud chiziq turlari ko'rsatiladi. Unda «Другой» - Boshqa bandi tanlanadi va «Диспетчер типов линий» - Chiziq turlari dispetcheri muloqot oynasi ochiladi. Muloqot oynasidagi «Загрузить» - Yuklash tugmasi bosilib, keyingi muloqot «Загрузкаперезагрузка типов линий» - Chiziq turlarini yuklash oynasi ochiladi. Ushbu faol oynadan kerakli chiziq turi tanlanib, OK tugmasi bosilsa bo'ldi. «Прокрутка» - varaqlagich dastaklar yordamida keyingi chiziq turlarini ko'rish mumkin. «Диспетчер типов линий» - Chiziq turlari dispetcheri muloqot oynasida ham OK tugmasi bosiladi. Ob'yekt tushunchasi AutoCAD dasturi bilan ishlashda ob'yekt tushunchasini to'g'ri aniqlab, tushunib olish lozim. Aytaylik Chizish asboblar panelidagi «Прямоугольник» - To'g'ri to'rtburchak chizish buyrug'i asosida bajarilgan shaklni dastur bitta ob'yekt deb qabul qiladi. Aynan shu shakl «Отрезоk» - Kesma buyrug'i asosida bajarilsa dastur ushbu shaklni to'rtta ob'yekt deb qabul qiladi. Chunki birinchi usulda bitta buyruq bilan amal bajarildi, ikkinchi usulda esa to'rt marta to'g'ri chiziq chizish buyrug'i ketma - ket takrorlandi. 2. 3. «Прямоугольник» - To'g'ri to'rtburchak chizish buyrug'i asosida bajarilgan to'rtburchak. (1 ta ob'yekt) «Отрезоk» - Kesma buyrug'i asosida bajarilgan to'rtburchak. (4 ta ob'yekt) Bitta ob'yektdan iborat shakllar. Ob'yekt va ob'yektlarni tanlash Ob'yektlarni tanlash odatda ularni tahrirlash uchun zarur. Bitta ob'yekt tanlanishi uchun sichqoncha ko'rsatkichi ob'yekt chizig'i ustiga olib boriladi va sichqoncha chap tugmasi bosiladi. Bir nechta ob'yektlarni baravariga tanlash uchun odatda dinamik ramkadan foydalaniladi. Dinamik ramka bu sichqoncha yordamida ob'yektlar guruxini to'g'ri to'rtburchak asosida tanlash demakdir. Buning uchun ob'yektlar perimetridan tashqi hududda sichqoncha chap tugmasi bosiladi va sichqoncha siljitib ko'k yoki yashil rangdagi to'g'ri to'rtburchak hosil qilinadi. Bunda ramka ob'yekt yoki ob'yektlarni o'z hududiga olishi kerak. Ob'yekt (ob'yektlar) to'g'ri to'rtburchak hududida joylashgandan so'ng yana sichqoncha chap tugmasi takroran bosiladi. Natijada ob'yekt (ob'yektlar) chiziq turi o'zgarib tanlanganligini bildiradi. Ramka esa yo'qoladi. Ko'k ramka - ob'yektlar guruxidan kerakli ob'yektlar to'plamini ajratib tanlash uchun qo'llanadi. Faqat o'z hududiga to'liq ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 330.24 KB
Ko'rishlar soni 823 marta
Ko'chirishlar soni 137 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 330.24 KB
Ko'rishlar soni 823 marta
Ko'chirishlar soni 137 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga