Axboriy jarayonlar va informatika fani Reja: Axboriy jarayonlar Axboriy jarayonlar va informatika Fani Informatika deganda xar bir odam suz qandaydir axborot, ushbu axborot biror narsa, xodisa yoki jarayonga tegishli ekanligi, uning xususiyatlari va boshqalar haqida borishligini hayoliga keltiradi. Lekin bu axborot qanday olingan? U kaerda va qanday saklanadi? Unga qanday yul topish mumkin? - degan savollarning paydo bo'lishi o'rinli. Ushbu savollarga javob jamiyatning o'zgarishiga, uning fan-texnika soxasidagi tarag'kiyotiga qarab uzgarib turadi. Informatika atamasi lotincha informatic so'zidan kelib chiqqan bo'lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma'nosini anglatadi. Ingliz tilida bu atamaga Computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi. Informatika kompyuter texnikasining rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi, usiz mavjud bula olmaydi va uz navbatida uning rivojiga, yangilanishiga uz xissasini kushadi. Xullas, informatika xisoblash texnikasini yaratish va kullash, axborot va unga ishlov berish texnologiyalari bilan bog'liq bo'lgan barcha narsalarni uz ichiga oladi. Informatikaning asosiy resursi - axborotdir. Azaldan axborot deganda atrof-muxit ob'ektlari va xodisalari, ularning ulchamlari, xususiyatlari va xolatlari to'g'risidagi ma'lumotlar tushuniladi. Keng ma'noda axborot - insonlar o'rtasida ma'lumotlar ayirboshlash, odamlar va sun'iy qurilmalar o'rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan tushunchadir. Informatika fani axborotga xodisalar yoki ob'ektlar to'g'risidagi tasavvurlarimizni uzgartiruvchi, o'zaro bog'liq ma'lumotlar, ko'rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Shuning uchun informatikaga quyidagicha ta'rif berish mumkin. Informatika - axborot texnologiyalari vositalari yordamida axborotni takdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish usullarini, ya'ni axboriy jarayonlarni va axborot texnologiyalari vositalarining faoliyat kursatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini sistemali ravishda urganuvchi fandir. Ushbu ta'rifdan ko'rinib turibdiki, informatika quyidagi savollarga javob beradi: I Axborotni qanday qabul qilish va saqlash kerag'? II Axborotga qanday ishlov berish va qanday qilib inson uchun qulay Ko'rinishga keltirish kerag'? II Axborot texnologiyalarini yukori samara bilan qanday ishlatish mumkin? IV Yangi axborot texnologiyalari vositalarini yaratish uchun boshqa fan yutuklaridan qanday foydalanish kerag'? V Dasturlar yordamida texnik vositalarni qanday boshqarish kerag'? Ma'lumki, jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san'at, tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud ma'lumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy xayotga tobora ko'prok ta'sir ko'rsatadi. Demak, axboriy jarayonlarning ko'p qirrali jarayon ekanligi ayon bulmokda. Тayanch so'z va iboralar: Informatika, xodisa yoki jarayon, Computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan), xisoblash texnikasi, texnologiya, resurs, ob'ekt, iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san'at, tibbiyot, ma'lumotlar, axborot zaxiralari, intellektual va iqtisodiy xayot, axboriy jarayonlar. Savol va topshiriqlar 1. Informatika nimani o'rgatadi? 2. Qanday jarayonlar axboriy jarayonlar deyiladi? 3. Axboriy jarayonlarga misollar toping va ularni tushuntirib bering. ...
![Axboriy jarayonlar va informatika fani [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.8 KB
Ko'rishlar soni
212 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.8 KB
Ko'rishlar soni
212 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: doc