Axborot jarayonlari. Reja: «Axborot jarayonlari» tushunchasi va ta'rifi Axborotning sistemada aylanish bosqichlari Axborot jarayonlari: axborotni olish, yig'ish va uzatish. Axborot texnologiyalari: axborotni o'zgartirish, ishlov berish, jamlash, nusxa ko'chirish. Tayanch iboralar: axborot jarayoni, axborot tizimi, axborot manbasi, o'zlashtirish, Informatsiya o'z - o'zidan mavjud bo'lmaydi, u axborot (informatsion) jarayonlarda paydo bo'ladi. Axborot ustida bajariladigan amallar ketma-ketligi axborot (inforomatsion) jarayon deb nomlanadi. Axborot jarayonlarni amalga oshiruvchi tizimlar axborot tizimlari deb ataladi. Axborot bilan ishlaganda uning manbasini va foydalanuvchi (qabul qiluvchisi) borligini esda tutish lozim. Axborot manbasidan foydalanuvchiga moddiy-energetik shakli signallar (elektr, nur, tovush va h.) ko'rinishida uzatiladi Informatsiyani qidirish, to'plash, saqlash, uzatish, ishlov berish va foydalanish bilan bog'liq jarayonlar axborot (informatsion) jarayonlar deyiladi. Umuman, axborotning sistemada (tizimda) aylanishida bir necha bosqichlarni ko'rsatish mumkin. Axborotning moddiy eltuvchisi signal ekanligi hisobga olinsa, aslida signalning aylanish va o'zgarish bosqichlari xususida so'z yuritish lozim (2.1- rasm). Axborotni o'zlashtirish bosqichida biror-bir obyekt (jarayon)dan axborotni maqsadli olish va tahlil etish bajariladi, natijada obyektning aniq tasviri shakllantiriladi va baholash ishlari amalga oshiriladi. Bunda bizni qiziqtiradigan axborotni xalaqitlardan ajratish lozim (bazi hollarda bu muolaja ancha qiyinchiliklar tug'diradi). o'zlashtirishning eng oddiy turi - ikki qarama-qarshi holatni ajratish: haqiqiylik («ha») va haqiqiy emaslik («yo'q») holatlarini ajratish bo'lsa, murakkab turi o'lchashdir. Axborotni tayyorlash bosqichida normallashtirish, analog - raqamli o'zgartirish, shifrlash amallari bajariladi. Bazi hollarda bu bosqich o'zlashtirish bosqichiga ko'makchi hisoblanadi. o'zlashtirish va tayyorlash natijasida uzatish va ishlov berishga qulay shakldagi signal olamiz. Axborotni uzatish va saqlash bosqichida axborot bir joydan ikkinchi joyga yoki bir vaqt onidan ikkinchisiga uzatiladi. Uzatish va saqlash jarayonida paydo bo'ladigan nazariy masalalarning bir-biriga yaqinligini hisobga olib, bu ikki jarayon birlashtirilgan. Axborotni masofaga uzatishda turli fizik tabiatli kanallar mavjud (elektrik, elektromagnit, optik, radio va yer yo'ldoshi kanallari). Axborotni saqlash uchun turli axborot eltuvchilaridan (yarimo'tkazgich, magnit, optik) foydalaniladi. 2.1-rasm. Axborotning sistemada aylanish bosqichlari. Axborotga ishlov berish bosqichida uning sistemani qiziqtiruvchi umumiy va muhim bog'lanishlari aniqlanadi. Ushbu bosqichda axborotni o'zgartirish axborot texnika vositalari yoki inson tarafidan bajariladi. Agar ishlov berish jarayoni formallanuvchi bo'lsa, unda u texnikaviy vositalarda bajariladi. Zamonaviy murakkab sistemalarda bu vazifa kompyuter texnikasiga yuklangan. Boshqarish sistemalarida ishlov berishning asosiy maqsadi boshqarish ta'sirlarini tanlash masalalarini yechishdir. Axborotni aks ettirish bosqichining asosiy maqsadi - turli qurilmalar yordamida insonga uning sezgi a'zolari qabul qila oladigan axborotni tayyorlab berish. ta'sir etish bosqichida axborot boshqarish sistemasiga zarur o'zgartirishlarni kiritish uchun ishlatiladi. Axborot jarayonlari Informatsiya o'z - o'zidan mavjud bo'lmaydi, u axborot (informatsion) jarayonlarda paydo bo'ladi. Informatsiyani qidirish, to'plash, saqlash, uzatish, ishlov berish va foydalanish bilan bog'liq ...
![Axborot jarayonlari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.92 KB
Ko'rishlar soni
273 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.92 KB
Ko'rishlar soni
273 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: docx