Axborot texnologiyalari haqida tushuncha Siz 8 va 9- sinflarda o'qigan ,,Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanlarida informatika haqida tushuncha, axborotlarni raqamlar vositasida tasvirlash, kompyuterlar, operatsion tizimlar, hujjatlarni qayta ishlash texnologiyalari, kompyuter grafikasi, axborotlar ombori, elektron jadvallar, kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari, model va algoritmlar, dasturlash asoslari, amaliy dasturlash va hisob tajribalarini o'tkazish haqidagi bilimlarni egalladingiz. Shu bilan birga, yangi axborot texnologiyalarining elementlari bilan qisman tanishdingiz. Endi informatika va hisoblash texnikasi asoslarini tashkil etgan axborot texnologiyalari haqidagi bilimlarni chuqurroq va kengroq, ya'ni axborotlar, ularning xossalari, axborot tizimlari va vazifalari, axborotlarni qayta ishlash, axborotlarning xususiyatlarini o'rganamiz. «Axborot texnologiyalari» iborasidagi «texnologiya» so'zi lotincha «thexnos» - san'at, hunar, soha va «logos» - fan degan ma'noni anglatadi. Ya'ni texnologiya - biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari ko'rinishini bildiradi. Axborot texnologiyalari axborotlarni yig'ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuyidir. Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo'lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin: Ichki omillar - bu axborotlarning paydo bo'lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k. Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik-uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi. Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma'lumot haqida boshqa bir viloyat (Respublika, qit'a)da yashovchi o'rtog'ingiz bilan fikr almashmoqchisiz, deylik. Buni turli yo'llar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz o'rtog'ingizga o'z fikringizni (o'z navbatida, o'rtog'ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin: 1) aloqa bo'limi orqali (yozma ravishda); 2) telefon tarmoqlari orqali (og'zaki); 3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali. Hayotiy tajriba shuni ko'rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo'ladi va natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o'zingiz belgilab olasiz. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, biror yumushni bajarishdan oldin uni amalga oshirish uchun ketadigan mablag'larni chamalab ko'rishingiz lozim, aks holda uni amalga oshira olmasligingiz mumkin. Albatta, yuqorida ko'rsatilgan usullardan foydalanish uzatilayotgan axborot mazmuni va mohiyatiga bog'liq. Pirovardida, o'zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon (hech bo'lmaganda arzonrog'i) va sifati yuqori bo'lgan usulni belgilab olasiz. Axborotni uzatish usullariga kelsak, 1- va 2-bandda ko'rsatilgan usullar bilan yoshligingizdayoq tanishib olgansiz va undan foyda-lanishni yaxshi bilasiz. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanfsh esa ular bilan muloqot qilish ko'nikma va mafakalariga bog'liq. Shuning uchun dastlab zamonaviy telekommunikatsiya vositalarining o'zi nimaligini bilib olishingiz kerak. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo'lib, unga multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma'lumotlar ombori, ...
![Axborot texnologiyalari tushuncha [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.32 MB
Ko'rishlar soni
325 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.32 MB
Ko'rishlar soni
325 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:10 ]
Arxiv ichida: doc