Axborot tizimlari va ularning turlari [info-referat]

Axborot tizimlari va ularning turlari [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot tizimlari va ularning turlari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Axborot tizimlari va ularning turlari Reja: 1.Axborot tizimlari 2. Axborot texnologiyalari 3. Axborot tizimlarining turlari Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo'lida bir vaqtning uzida xam yaxlit, xam o'zaro bog'langan tarzda faoliyat kursatuvchi elementlar (obyektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, xar qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo'lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma'lum bo'lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurag' kon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun'iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo'la oladi. Ularning xar biri tizimga qo'yiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya'ni, xar biri o'ziga xos yagona maqsad yo'lida faoliyat ko'rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat. quyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi ko'rsatilgan holda tizimlarga yana bir nechta misollar keltirilgan. Informatikada «tizim» tushunchasi ko'prok texnik vositalar, asosan, kompyuterlar va murag'kab obyektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «Tizim» tushunchasiga «axborot» so'zining qo'shilishi uning belgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi. Axborot tizimi - belgilangan maqsadga erishish yo'lida axborotni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo'llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o'zaro bog'langan majmuasidir. Axborot tizimlari jamiyat paydo bo'lgan paytdan boshlab mavjud bo'lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o'z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari - moddiy va nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish bilan bog'liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish xam murag'kablashadiki, o'z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag'batlantiradi. Shu sababli, avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik. Kibernetik yondashuvga muvofik boshqaruv tizimi boshqaruv obyekti (masalan, korxonalar, tashkilotlar va xokazo) va boshqaruv subyekti, boshqaruv apparati yig'indisini uzida namoyon etadi. boshqaruv apparati deganda maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. boshqaruv obyekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya'ni boshqaruv tizimining o'zi aynan mana shu ishlarni amalga oshirish uchun tuzilgandir. boshqaruv tizimining ikkala komponenti to'g'ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog'langan. TuKri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv obyektiga yunaltiriladigan axborot okimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yo'nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi hisobot axboroti okimida o'z aksini topadi. Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma'lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek, ma'lumotlarni qayta ishlash bo'yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o'zaro aloqasi obyektning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimlari nafaqat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabul qilish (sun'iy intellekt usullari, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 80.14 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 80.14 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga