Axborot haqida tushuncha Reja: Axborot Axborotning xususiyatlari Axborotning sifat ko'rsatkichlari Asrlar davomida insonning faoliyati tabiatdagi o'simliklar, hayvonlar, quyosh energiyasi kabi tayyor mahsulotlarni o'zlashtirish bilan bog'liq bo'lib kelgan. Lekin vaqt o'tishi bilan inson faqat tayyor mahsulotlarni olishni o'rganibgina qolmasdan, tabiatga ta'sir qilishni xam o'rganib oldi. Insonlar yerga ishlov bera boshladilar, turli hayvonlarni qo'lga o'rgatib, ko'paytira boshladilar, zavod va fabrikalar, gidroelektrostantsiyalar, temir yo'llar va kosmik trassalar qura boshladilar. Buning natijasida bir paytlar o'rmonlar va dengizlar bilan qoplangan ona zaminimiz bo'lgan yerda yangilanishlar paydo bo'ldi. Uning nomini akademik V. I. Vernadskiy noosfera deb atadi. Noosferani yaratish bilan birgalikda inson materiya turlari va xossalaridan foydalandi. Lekin bu jarayonning turli bosqichlarida materiyaning har bir kategoriyasi bir xilda o'zlashtirilmadi. Boshlang'ich paytda moddani o'zlashtirishga e'tibor ko'proq qaratilgan bo'lsa, keyinchalik energiyani o'zlashtirishga va nihoyat, axborotni o'zlashtirishga imtiyoz berildi. Fanda, ya'ni tabiatni o'rganish, u to'g'risidagi bilimlarni to'plash va o'rganishda shunday davrlar borligi ma'lumki, ular materiyaning ma'lum bir turining rivojlanishi bilan bog'liqdir. Shu sababli noosferaning uchta tashkil etuvchilarini ajratib ko'rsatish mumkin bo'ladi. Bular: Shtexnosfera, Shergosfera, Shinfosfera. Texnosferaning paydo bo'lishi moddani o'rganish va undan foydalanish bilan, ergosferaning paydo bo'lishi energiyani o'rganish bilan bog'lik bo'lsa, infosferaning paydo bo'lishi axborotni o'rganish va uni ishlatish bilan bog'liqdir. Texnosfera va ergosferani o'rganish ximiya, fizika, matematika va boshqa fanlar orqali amalga oshiriladi. Insoniyatning tabiatni o'zlashtirishdagi tajriba va bilimlarini to'plashi axborotni o'zlashtirish bilan birgalikda kechadi. Aynan mana shu jarayon infosferaning paydo bo'lishiga olib keldi. Demak, infosferaning paydo bo'lishi axborotni o'rganish bilan bog'liq ekan. Axborot lotincha informatio so'zidan olingan bo'lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqida ma'lumot ma'nosini anglatadi. Inson yashaydigan dunyo turli moddiy va nomoddiy obyektlar, shuningdek, ular o'rtasidagi o'zaro aloqa va o'zaro ta'sirlardan, ya'ni jarayonlardan tashkil topgan. Sezish a'zolari, turli asboblar va xoka'zolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma'lumotlar deb ataladi. Ma'lumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa - axborotga aylanadi. Demak, ma'lumotlarga u yoki bu sabablarga ko'ra foydalanilmayotgan yoki texnik vositalarda qayta ishlanilayotgan, saqlanayotgan, uzatilayotgan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma'lumotlardan biror narsa to'g'risidagi mavxumlikni qamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug'ilsa, ma'lumotlar axborotga aylanadi. Demak, amaliyotda foydali deb topilgan, ya'ni foydalanuvchining bilimlarini oshirgan ma'lumotlarnigina axborot deb atasa bo'ladi. Masalan, qog'ozga telefon raqamlarini ma'lum tartibda yozib, birovga ko'rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma'lumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir telefon raqami qarshisiga muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo'yilsa, avvalgi ma'lumot axborotga aylanadi. Ma'lum vazifalarni xal etish ...
![Axborot xaqida tushuncha [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.63 KB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.63 KB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: doc