Mundarija SO'Z BOSHI Tez rivojlanib borayotgan kompyuter axborot texnologiyalari bizning kundalik hayotimizning barcha jabhalarida sezilarli o'zgarishlarni olib kirmokda. hozirda axborot tushunchasi sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo'lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmokda. Shu bilan birga axborotning bahosi ko'p xollarda uning o'zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmokda. SHuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, kasddan o'zgartirishdan, uni ugirlashdan, yo'qotishdan va boshqa jinoiy xarakterlardan himoya qilishga kuchli zarurat tugiladi. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoya ostiga olish deganda, berilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini tizimli tarzda ta'minlash maqsadida turli vosita va usullarni qo'llash, choralarni ko'rish va tadbirlarni amalga oshirishni tushunish kabul qilingan. Axborotni himoya qilish deganda: Axborotning jismoniy butunligini ta'minlash, shu bilan birga axborot elementlarining buzilishi, yoki yo'q qilinishiga yul kuymaslik; Axborotning butunligini saklab kolgan holda, uni elementlarini kalbakilashtirishga (o'zgartirishga) yul kuymaslik; Axborotni tegishli huquqularga ega bo'lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yul kuymaslik; Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar fakat tomonlar o'rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo'llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi. yuqorida ta'kidlab utilganlarning barchasi asosida kompyuter tarmoqlari va tizimlarida axborot xavfsizligi muammosining dolzarbligi va muhimligi kelib chikadi. SHuning uchun hozirgi kurs Respublikamizning oliy va o'rta maxsus o'quv muassasalari o'quv rejalarida munosib urin egallaydi. Ushbu fanning vazifalari: Talabalarda axborot xavfsizligi to'g'risidagi bilimlarni shakllantirish; Axborotni himoya qilishning nazariy, amaliy va uslubiy asoslarini berish; Talabalarga kompyuter tarmoqlari va tizimlarida axborot xavfsizligini ta'minlashning zamonaviy usullari va vositalarini qo'llashni amaliy jihatdan o'rgatish; Talabalarni axborotni himoya qilish bo'yicha ishlab chikarilgan turli xil dasturiy mahsulotlardan erkin foydalana olish imkonini beradigan bilimlar bilan ta'minlash; Kursni uzlashtirish natijasida talaba kuyidagilarnibilishi shart; kompyuter tarmoqlari va tizimlaridagi axborot xavfsizligiga tahdid solishi kutilayotgan xavf xatarning mohiyatini va oqibatlarini tushunishi; kompyuter tarmoqlari va tizimlarida axborotni himoya qilish bo'yicha qo'yiladigan asosiy talablar va asoslarni uzlashtirish; kompyuter tarmoqlari va tizimlarida axborot xavfsizlagini ta'minlashda qo'llaniladigan zamonaviy usullar va vositalarni bilish; tizimlarda axborot butunligi va ishochligini buzuvchi viruslar va boshqa manbalar mavjudligini tizimli tekshirishni ta'minlash va ularni zararsizlashtirish bo'yicha choralarni ko'rish; axborotni himoya qilishda qo'llaniladigan zamonaviy amaliy tizimlar va dasturiy mahsulotlarni ishlata olish; 1. Ma'ruza. Kirish. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash muammolari. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda tahdidlar va zaifliklar Reja: 1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash muammolari 2. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda tahdidlar va zaifliklar Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma'lum. SHuning uchun xam qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo'llanilgan. Ulardan biri - sirli ...
![Axborot xavfsizligi ma'ruza matnlari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
367.75 KB
Ko'rishlar soni
226 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
367.75 KB
Ko'rishlar soni
226 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:13 ]
Arxiv ichida: doc