Axborot xavfsizligiga oid tushunchalar va axborot xavfsizligi muammosi Reja: Kriptographiya (Cryptography) tushunchasi Nosimmetrik kriptotizimlar axborot xavfsizligi Himoyalanish. Ko'p hollarda ma'lumotlar, dasturlar, fayllar boshqa foydalanuvchilardan himoyalanishni talab etadi. Chunki yaratilayotgan dastur raqobatchilardan himoyalanishi, fayllar esa maxfiylikka ega bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham Windows NT himoyalanilgan. Kompyuter xavfsizligi muammosi bu yangilik emas. Kompyuterdan foydalanayotgan har bir shaxs kompyuter xavfsizligini ta'minlovchi manbaga ega bo'ladi. Statistika shuni ko'rsatadiki agar sistema administratori himoya vositalariga kerakli vaqt ajratgan bo'lsa sistemani ishdan chiqishini oldini olish mumkin. Sistema xavfsizligini ta'minlash unumdorligi har doim dasturiy asbob vositalarini sozlash sifatiga bog'liq bo'ladi. Windows NT operatsion tizimi juda ham boy himoya vositalariga egadir. Ammo himoya parametrlarining imkoniyati har doim ham talab darajasida bo'lavermaydi. Windows NT 4.0 va 5.0 versiyalari tarkibiga kiruvchi xavfsizlik ta'minoti usullari va vositalarini ko'rib chiqamiz. Fizik himoya vositalariga quyidagilar kiradi: Server tarmog'ida joylar xavfsizligini ta'minlash; O'zga kishilarni serverga, konsentratorga, kommutatorga, tarmoqlar kabeliga va boshqa uskunalarga kirishni ta'minlash; Elektr tarmoqlarida bo'ladigan nosozliklardan himoya qiluvchi vositalaridan foydalanish. Kriptografiya sohasida ishlar qadim qadimdan amalga oshirilib kelingan. Bu sohaga e'tibor qaralilishidan maqsad esa ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlashdir. Kriptografiya sohasidagi ilk sistemalik ishlardan biri sifatida buyuk arxitektor Leona Battisto Alberti (1404-1472) ishlarini qabul qilishimiz mumkin. Yana shu sohani rivojlantirishga hissa qo'shgan Fransua Viet (1540-1603). U Fransiya qiroli Genrix - IV saroyida o'z ishlarini olib borgan.U «kriptoanaliz» bilan shug'ullangan. Kriptoanaliz - shriftlarni yashirish usullarini o'rganuvchi fan. Karl Fridrix Gauss (177-1855) RENDOLIZASIYA - atamasini kriptografiya sohasiga kiritdi. Kriptographiya (Cryptography). Kriptografik tizim, yo qisqacha, kriptotizim shifrlash ham shifrni ochish algoritmlari, bu algoritmlarda ishlatiladigan kalitlar, shu kalitlarni boshqaruv tizimi hamda shifrlanadigan va shifrlangan matnlarning o'zaro bog'langan majmuasidir. Kriptotizimdan foydalanishda matn egasi shifrlash algoritmi va shifrlash kaliti vositasida avvalo dastlabki matnni shifrlangan matnga o'giradi. Matn egasi uni o'zi foydalanishi uchun shifrlagan bo'lsa (bunda kalitlarni boshqaruv tizimiga hojat ham bo'lmaydi) saqlab qo'yadi va kerakli vaqtda shifrlangan matnni ochadi. Ochilgan matn asli (dastlabki matn)ga aynan bo'lsa saqlab qo'yilgan axborotning butunligiga ishonch hosil bo'ladi. Aks holda axborot butunligi buzilgan bo'lib chiqadi. Agar shifrlangan matn undan qonuniy foydalanuvchiga(oluvchiga) mo'ljallangan bo'lsa u tegishli manzilga jo'natiladi. So'ngra shifrlangan matn oluvchi tomonidan unga avvaldan ma'lum bo'lgan shift ochish kaliti va algoritmi vositasida dastlabki matnga aylantiriladi. Bunda kalitni qanday hosil qilish, aloqa qatnashchilariga bu kalitni maxfiyligi saqlangan holda yetkazish, va umuman, ishtirokchilar orasida kalit uzatilgunga qadar xavfsiz aloqa kanalini hosil qilish asosiy muammo bo'lib turadi Bunda yana boshqa bir muammo - autentifikatsiya muammosi ham ko'ndalang bo'ladi. Chunki: Dastlabki matn(xabar) shifrlash kalitiga ega bo'lgan kimsa tomonidan shifrlanadi. Bu ...
![Axborot xavfsizligiga oid tushunchalar va axborot xavfsizligi muammosi [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.23 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:14
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.23 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:14 ]
Arxiv ichida: docx