Bilimlar bazasi [info-referat]

Bilimlar bazasi [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Bilimlar bazasi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

BILIMLAR BAZASI. Ichki izohlanuvchanlik. Har bir axborot birlik yagona nomga ega bo'lishi lozim. Intellektual tizim bu nomga ko'ra axborotni topadi, hamda bu nom zikr etilgan so'rovlarga javob beradi. Xotirada saqlanuvchi ma'lumotlar nomlardan forig' qilinganda edi, ularni tizim tomonidan identifikatsiya qilish imkoniyati bo'lmas edi. Ma'lumotlarni faqatgina dasturni yozgan dasturchi ko'rsatmasiga ko'ra xotiradan oladigan dastur identifikatsiya qila olardi. Mashina so'zining u yoki bu ikkilik kodi ortida nima yashiringani tizimga noma'lum edi. 1 jadval Familiya Tug'ilgan yili Mutaxassisligi Staji, yillar Papov 1965 Slesar 5yil Sidorov 1946 Tokarь 20yil Ivanov 1925 Tokarь 30yil Petrov 1937 Santexnik 25yil Agar masalan EHM xotirasida 5.1 jadvalda ko'rsatilgan muassasa xodimlari haqida ma'lumotlari yozishi kerak bo'lganda, u holda ichki izohlarsiz EHM xotirasiga bu jadval satrlariga mos keluvchi to'rtta mishina so'zidan iborat majmua yozilgan bo'lardi. Bu holda bu mashina so'zlarida ikkilik razryadlarning qanday guruhlarida xodimlar haqidagi ma'lumotlar kodlanganligi haqidagi axborot mavjud emas. Ular faqatgina 5.1 jadvaldagi ma'lumotlardan yuzaga kelgan muammoni yechish uchun foydalanadigan dasturchiga ma'lum. Tizim «Petrov haqida senga nima ma'lum?» yoki «Mutaxassislar orasida santexnik bormi?» turdagi savollarga javob berish holatida emas. Bilimlarga o'tishda EHM xotirasiga axborot birlikning qandaydir protostrukturasi haqidagi axborot kiritiladi. Qaralayotgan misolda u o'zida qaysi razryadlarda familiyalar, tug'ilgan yillar, mutaxassisliklar va stajlar haqidagi ma'lumotlar saqlanishini ko'rsatuvchi maxsus mashina so'zini aks ettiradi. Bunda tizim xotirasida mavjud bo'lgan familiyalar, tug'ilgan yillar, mutaxassisliklar va stajlar sanab o'tilgan maxsus lug'atlar berilgan bo'lishi kerak. Bu barcha atributlar jadval satrlariga mos keladigan mashina so'zlari uchun nom rolini o'ynashi mumkin. Ular asosida kerakli ma'lumotlarni qidirish amalga oshirilishi mumkin. Jadvalning har bir satri protostrukturaning nusxasi bo'ladi. Hozirgi vaqtda MBBT ma'lumotlar bazasida saqlanadigan barcha axborot birliklarning ichki izohlanishlarining ifodalanishini ta'minlaydi. 2. Strukturaviylik. Axborot birliklar qat'iy strukturaga ega bo'lishi lozim. Ular uchun «ichkima - ichlik printsipi» bajarilishi zarur, ya'ni bir axborot birlikning boshqasiga rekursiv ichma - ichligi. Har bir axborot birlik boshqa ixtiyoriy birining tarkibiga kiritilishi mumkin va hir bir axborot birlikdan uni tashkil etadigan qandaydir axborot birlikni ajratish mumkin. Boshqacha aytganda alohida axborot birliklar orasida «qism-butun», «tur-xil» yoki «element-sinf» kabi munosabatlarni ixtiyoriy o'rnatish imkoniyati mavjud bo'lishi kerak. 3. Bog'langanlik. Axborot bazada axborot birliklar orasida har xil turdagi bog'lanishlarni o'rnatish imkonyati ko'rilgan bo'lishi kerak. Avvalo bu bog'lanishlar axborot birliklar orasidagi munosabatlarni xrakterlashi mumkin. Munosabatlar semantikasi deklarativ yoki protsedurali xarakterga ega bo'lishi mumkin. Masalan ikki yoki undan ortiq axborot birliklar «bir vaqtning o'zida» munosabati orqali, ikkita axborot birliklar «sabab-natija» yoki «yonma - yon bo'lish» munosabatlari orqali bog'langan bo'lishi mumkin. Keltirilgan munosabatlar deklarativ bilimlarni xarakterlaydi. Agar ikki axborot birliklar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.11 KB
Ko'rishlar soni 249 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.11 KB
Ko'rishlar soni 249 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga