Corel Draw dasturida ishlash [info-referat]

Corel Draw dasturida ishlash [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Corel Draw dasturida ishlash [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Corel Draw dasturida ishlash REJA: Corel Draw dasturi haqida Corel Draw dasturida ishga tushirish Corel Draw dasturi interfeysi. Kodlashtirishning vektorli usulida geometrik shakllar, egri va to'g'ri chiziqlar, aylana, kvadrat, ellips, qism tasvirlar kompyuter xotirasida matematik formula kabi geometrik abstraktciyalar ko'rinishda saqlanadi. Masalan, aylana shaklini kodlashtirish uchun, u alohida piksellar ko'rinishida bo'lishi shart emas. Uning radiusi, markaziy nuqta koordinatalari va rangining xotirada saqlanishi etarli bo'ladi. To'rtburchak uchun esa uning tomonlari uzunligi, joylashuv o'rni va rangini xotirada saqlash lozim. Matematik formulalar yordamida turli xildagi shakllarni izohlash mumkin. Murakkab shakllarni chizishda bir nechta oddiy shakllardan foydalaniladi. Masalan, burchaklari yoysimon bo'lgan to'rtburchak shaklni qora rangda bo'yaymiz, unga uchta oqdagi to'rtburchak va birta qora rangdagi to'rtburchak shaklni qo'shib uch dyumli disketa rasmini hosil qilish mumkin (1-rasm). 1-rasm. Bir necha qismdan iborat vektor tasvir. Vektor formatdagi barcha ko'rinishlar bir necha qismlardan iborat bo'lib, ularni bir-biriga bog'liqsiz holda o'zgartirish mumkin. Ushbu qismlar obyekt deb nomlanib, bir necha obyektlar yordamida yangi obyekt yaratiladi. Buning natijasida obyektlar yanada murakkab ko'rinishga ega bo'lish holati kuzatiladi. Har bir obyektda ularning kattaligi, egriligi va joylashuv o'rnining qiymatlari orqali beriladi. Shu sababli, tasvir ko'rinishlarini oddiy matematik amallar yordamida o'zgartirish imkoniyati yaratiladi. Vektorli grafikani qo'llaganda, obyekt hajmining juda ham kichik yoki aksincha, juda ham katta kenglikda bo'lishi inobatga olinmaydi. Ikki holda ham rasm bilan ishlash bir xil kechadi. Xohlagan paytda tasvir sifatini o'zgartirmay turib, uni kattalashtirish yoki kichraytirish imkoniyati mavjud. Vektorli usulda kodlashtirishning muhim ahamiyati grafik faylning hajmi rastrli grafiklar fayllari hajmiga nisbatan sezilarli darajada kichikligidir. Biroq, vektorli grafikaning kamchilik tomonlari ham mavjud. Birinchidan, hosil qilinayotgan tasvirning shartliligi, ya'ni tasvirlar formulalar yordamida qurilgann egri chiziqlardan iborat bo'lganligi sababli, haqiqiy tasvirni hosil qilish juda mushkuldir. Shuning uchun vektorli grafikani tasvirlarni kodlashtirishda qo'llab bo'lmaydi. Agar tasvirni izohlash lozim bo'lsa, olingan fayl hajmi rastrli grafika fayli hajmiga nisbatan ancha katta bo'ladi. Vektorli grafika fayllarini qurishga bag'ishlangan dasturiy vosita sifatida juda keng tarqalgan CorelDRAW dasturini keltiramiz. CorelDRAW 10 dasturining ishchi oynasi boshqa grafik muharrirlar oynasiga o'xshashdir. CorelDRAW 10 dasturi ishga tushirilganda ekranda dasturning boshlang'ich muloqot oynasi hosil bo'ladi. Bu rejimni oldindan bekor qilish ham mumkin. Buning uchun Show this Welcome Screen at startup (Ishga tushganda oynani ko'rsatish) satridan bayroqchani olib tashlash orqali amalga oshiriladi. Dastlab dastur ishini sozlab chiqish amalarini ko'rib o'tamiz. Agar ishchi oyna to'liq ekranni egallamagan bo'lsa, dastur sarlavhasida yoyish tugmasini bosing. Natijada ishchi oyna to'liq ekranda hosil bo'lib CorelDRAW 10 dasturi bilan ishlash yanada qulaylashadi. Yaratilayotgan tasvir aniq ko'rinishi, boshqariluvchi elementlar ekranda joylanishi uchun ekranning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 42.64 KB
Ko'rishlar soni 271 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:22 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 42.64 KB
Ko'rishlar soni 271 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga