Dasturlash asoslari, tizimlari va uning amaliy tadbiqi [info-referat]

Dasturlash asoslari, tizimlari va uning amaliy tadbiqi [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Dasturlash asoslari, tizimlari va uning amaliy tadbiqi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

DASTURLASH ASOSLARI VA UNING IMKONIYATLARI M U N D A R I J A K I R I SH Insoniyat tarixining ko'p asrlik tajribasi ezgu go'yalardan va sog'lom mafkura hamda zamonaviy bilimlardan maxrum har qanday jamiyat uzoqqa bora olmasligini ko'rsatdi. Shuning uchun, mustaqillikka erishgan mamlakatimiz o'z oldiga ozod va obod vatan, demokratik jamiyat barpo qilish, erkin va farovon hayot qurish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olish kabi muhim vazifalarni qo'ydi. Bu vazifalarni hal qilish asosan yosh avlod zimmasiga tushadi. Yoshlarni kelajak jamiyatning faol quruvchilari bo'lishi uchun ularni fan va texnikaning eng ilg'or yutuqlari hamda kuchli bilimlar bilan qurollantirish, olingan bilimlarni amaliyotda qo'llay bilish ana shu yo'ldagi eng muhim talablardan biri hisoblanadi. Bu narsa ayniqsa EHM bilan aloqador kundalik masalalarni yechishda yaqqol ko'rinadi. Demak, yoshlardan zamonaviy EHMlar bilan ishlashni o'rganish, halq xo'jaliginining turli masalalarini yechishga mo'ljallangan dasturiy ta'minot bilan tanishish hamda dasturlash vositalari yordamida hali EHMda yechilmagan masalalar uchun yangi dasturlar yaratishni talab qilinadi. Darvoqi, har bir jamiyatning bugungi kuni va kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko'tarish, unga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. Respublikamizda oshiralayotgan islohotlarining bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kushi - har tomonlama rivojlangan barkamol insondir. Mamlakatimizda rivojlanishning muhim sharti zаmonaviy iqtisodiyot fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlanishlarning takomillashgan tizimini yaratishdan iborat. Mavzuning dolzabligi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ni amalga oshirishda uzluksiz ta'lim tizimining tuzilmasi va mavzusini zamonaviy ilmiy fikrlar yutuqlari va ijtimoiy tajribaga tayangan holda tub islohotlari ko'zda tutulgan. Buning uchun, avvalo, uzliksiz ta'lim tizimining barcha shakldagi ta'lim muassalarida ta'lim jarayoni sifatida ta'minlovchi ilg'or ilmiy-metodik jihatdan asoslangan uslublarni amalda qo'llash lozim. Fanda texnika va ilg'or texnologiya yutuqlaridan foydalangan holda yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishning maqsad, maznun, uslub va vositalarini ilmiy jihatdan ta'minlash pedagogika faning dolzarb muammolarning biri hisoblangan. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta'lim tizimini orqali shaxsning har tomonlama barkamol bo'lib yetishining ko'zda tutadi. Shaxs uzluksiz ta'limda va kadrlar tayyorlashda ta'lim va xizmatlarining iste'molchisi sifatida namoyon bo'ladi. Shaxs ta'lim xizmatlarining ishlab chiqaruvchisi sifatida ta'lim jarayonida bilim va tajribani talaba (yoki o'quvchi)ga uzatish, ishlab chiqarish moddiy muhiti sharoitida, shunungdek, fan, madaniyat va ta'lim xizmatlarida ishtirok etadi. Respublikada shaxslarga o'z ijodiy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 439.69 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 439.69 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga