Dasturlash tilining asosiy tushunchalari va operatorlari Reja: Algoritmik til tushunchasi Dasturlash tillari tarixi Til alifbosi va til semantikasi Algoritm, algoritmik til, mashina tili, til, alifbosi, til sintaksisi, til semantikasi, ENIAK, MESM. Algoritmlarni yozish uchun qo'llaniladigan tillar algoritmik tillar deb ataladi. Algoritmik tilni EHM ham tushunsa, u holda bu til dasturlash tili deb ataladi. Demak, algoritmik til yoki dasturlash tili ham berilgan misol yoki masalani yechish algoritmining yozish usullaridan biri ekan. Shu yozish ususllarining qanchalik mashinaga bog'liqligi yoki tabiiy tillarga yaqinligiga qarab ular turlicha nomlanadi. Ma'lumki, har bir EHM o'zining buyruqlar (komandalar) sistemasi va mashina tiliga ega. Bu til ma'lum qonun-qoidalar asosida yozilgan 0 va 1 raqamlari ketma-ketligidan iboratdir. Bu qonun-qoidalar asosan, ma'lum bir EHM qurilmalarining tuzilishiga bog'liq bo'lib, aynan shu quruq mashinalari uchun o'rinlidir. Har bir EHM o'zining tilida yozilgan dasturnigina tushuna oladi va uni ijro etadi. Masalan, ikkinchi avlodga tegishli BESM-6 mashinasida ifodani hisoblash dasturi quyidagicha bo'lishi mumkin: Bunda har bir buyruq 24 ta 0 va 1 lardan (24 ta ikkilik xonadan) iborat bo'lib, uning birinchi to'rttasi registrning indeksini ifodalasa, keyingi 8 ta xona (amal kodi) bajarilishi kerak bo'lgan amalni bildiradi. Qolgan xonalar xotira makonini (adreslarni) ifodalaydi. Yuqoridagi o'zgaruvchilar uchun xotira makonlari quyidagicha olingan: V uchun 00 100 00 00 - makon; S uchun 00 100 00 001 - makon; А uchun 00 100 00 010 - makon. Bu dasturda quyidagi amal kodlari ishlatilgan: 00 001 00 - xotiradagi sonni jamlagichga chaqirish; 00 001 11 - jamlagichdagi songa xotiradagi sonni ko'paytirish va natijani jamlagichda saqlash; 00 00 100 - jamlagichdagi songa xotiradagi sonni qo'shish va natijani jamlagichda saqlash. Xuddi shu dasturni o'zi ES (edinaya sistema) EHM yoki boshqa turkum EHM lar uchun butunlay boshqa ko'rinishda bo'lishi mumkin. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, hatto sodda dasturlarni mashina tilida yozish ancha mushkul ish ekan. Chunki dastur tuzish jarayonida hamma amal kodlari jarayonini bilish, kerakli registr indekslarini tanlash va har bir o'zgaruvchiga ajratilgan xotira joyning makonini bilish va hokazo talab etiladi. Shu va shunga o'xshash qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida, belgilash (simvolik) tillar (avtokodlar, assemblerlar) yaratildi. Avtokod va assemblerlar dasturlash jarayonini avtomatlashtirishda birinchi qadam hisoblanadi. Bu tillarda dastur yozish mashina tilida dastur yozishdan oson va qulay. Lekin qar bir mashina turi o'zining avtokodi yoki assembleriga ega va uni shu mashinaning o'zigina tushunadi. Yuqorida keltirilgan dasturni BESM-6 mashinasining avtokodida (BEEHM) quyidagicha yozish mumkin: ЧТ V УМН S СЛ А Bunda xotiradagi sonni jamlagichga chaqirishda ChT (ChTeniya), ko'paytirishda UMN (UMNojenie) va qo'shishda SL (SLojenie) kabi mazmunli belgilashlar ...
![Dasturlash tilining asosiy tushunchalari va operatorlari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.56 KB
Ko'rishlar soni
250 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:24
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.56 KB
Ko'rishlar soni
250 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:24 ]
Arxiv ichida: docx