Mavzu.Egri chiziqli harakatda ko'chish tezlik va tezlanish.Aylana bo'ylab tekis harakatni tavsiflovchi kattaliklar orasidagi bog'lanishlar. 1. Mavzuning davlat ta'lim sdandartlari tomonidan qo'yilgan talablar.) Kinematikaga oid qonuniyatlarni bilish va misollar yordamida tushuntira olish. 2. Darsning maqsadi.a)Ta'limiy (ilmiy) Egri chiziqli harakatda ko'c hish, tezlik va tezlanishlar.Aylana bo'ylab tekis harakatni tavsiflovchi kattaliklar orasidagi bog' lanishlar haqida bilimlarni berish. b)Tarbiyaviy. Dars jarayonida talabalarga shu mavzuga oid bilimlarni berish va ularni vatan parvarlik ruhida tarbiyalash. v) Rivojlantiruvchi (dunyoqarashini shakillantirish) Bugungi olgan bilimlarni hayotiy misollar yordamida ular ongiga singdirish va rivojlantirish. 3. Darsning turi. Nazariy. 4 Darsning uslubi.Savol-javob,tatqiqot,ma'ruza,tabaqalashtirish, 5.Fanlar aro bog'lanish.Geometriya,matematika,chizmachilik. Qo'shimcha adabiyotlar. .Fizika birinchi qisim. (G'aniyv.A.G.Avliyoqu va.G.A.) Toshkent 2002 yil.2.Mexanika va molekulyar fizika (Q.Suya rov,A.Xusanov,L.Xudoyberdieyv ) Toshkent O'qituvchi 2002yil 3.Fizika 9 - sinf I.K.Kikoin A.K.Kikoin. Fizika 1-qism Ma'ruzalar matni. ( A. No'monxo'jayev. A. Xudoyberganov. ) O'qituvchi 2002 yil. Darsning borishi, 1. tashkiliy qism. Salom-alik, davomadni tekshirish,darsga keraklibo'lgan jihozlarni hozirlash. 2. Uyga vazifani so'rash. O'tilgan mavzuni va uyga berilgan vazifani so'rash.Bugungi mavzuga zamin tayyorlash. 3. Darsning maqsadi;Egri chiziqli harakatdagi ko'chish, tezlik va tezlanishlar,aylana bo'ylab tekis harakatni tavsiflovchi kattaliklar orasidagi bog'lanishlar haqida to'liq ma'lumot berish. 4.Darsning rejasi. 1. Egri chiziqli harakatda ko'chish , tezlik. tezlanish. 2. Aylana bo'ylab tekis harakatni tavsiflovchi kattaliklar orasidagi bog'lanish. 5. Yangi mavzuning bayoni. 1. Traektoriyasi to'g'ri chiziq bo'lmay, balki egri chiziq bo'lgan harakatlar tabiatda ham, texnikada ham uchrab turadi. Bunday harakatlar egri chiziqli harakatlar deb aytiladi. Kosmik mfazoda sayyora va sun'iy yo'ldoshlar, Yerga esa xilma-xil transport vositalari, mashina va mexanizimlarinng qismlari, daryo suvi, atmosfera havosi va ba xokozolar . Egri chiziqli traektoriyalar bo'ylab harakat qiladi. To'g'ri chiziqli harakatda tezlik vektorining yo'nalishi hamma vaqt ko'chish yo'nalishi bilan bir xil bo'ladi. Egri chiziqli harakatda ko'chish va tezlik vektorlarining yo'nalishi to'g'risida nima deyish mumkin? Ko'chish vatar bo'ylab yo'naladi. (1) -rasmda egri chiziqli traektoriya tasvirlangan . Jism bu traektoriyada A nuqtadan B nuqtaga harakat qilayapti deb farazetaylik. Bunda jism bosib o'tgan yo'l AB yoyning uzunligi bo'lib jismning ko'chishi AB vatar bo'ylab yo'nalgan vektordir. Albatta,endi biz harakat davomida jismning tezligi ko'chish vektor bo'ylab yo'nalgan deb ayta olmaymiz. Ava B nuqtalar orasida bir qator vatarlar o'tkazamiz va jism ayni mana shu vatarlar bo'ylab harakat qilayapti,deb tasavvur etamiz. Bu vatarlarning har birida jism to'g'ri chiziqli harakat qiladi va tezlik vektori vatar bo'ylab ya'ni ko'chish vektori bo'ylab yo'nalgan bo'ladi. Oniy tezlik urunma bo'ylab yo'naladi. Endi to'g'ri chiziqli qismlarini (vatarlarni) qisqaroq qilamiz. . Avvalgicha ularni har birida tezlik vektori o'sha vatar bo'ylab yo'naladi. Lekin bu siniq chiziq endi silliq egri chiziqqa o'xshaydi. ...
![Egri chiziqli harakatda ko'chish tezlik va tezlanish [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.68 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.68 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx