Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining predmeti Reja: 1. Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining mazmuni, maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari. 2. Elektron darslik va undan foydalanish jarayonidagi asosiy tushunchalar va terminlar. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: O'quv adabiyotlari, o'quv adabiyotlari shakllari, o'quv adabiyotlari turlari, an'anaviy (bosma) o'quv adabiyotlari, elektron o'quv adabiyotlari, axborot texnologiyasi, kompyuter, elektron darslik, multimedia. Mavzuga oid asosiy muammolar: 1. O'quv jarayonida an'anaviy (bosma) o'quv adabiyotlari va elektron o'quv adabiyotlaridan foydalaniladi. Bu o'quv adabiyotlarning bir-biridan farqi bormi? Agar mavjud bo'lsa, javobingizni izohlang. 2. Elektron darslik - ta'lim oluvchilarga turli fan sohalari bo'yicha ma'lumotlar yetkazib beruvchi o'qitish vositasi hisoblanadi. Siz ushbu ta'rifga qo'shilasizmi yoki qo'shilmaysizmi? Sizningcha qanday ta'rifni elektron darslik uchun eng maqul deb o'ylaysiz? O'zingizga maqul bo'lgan ta'rifni izohlab bering? Mashg'ulotning texnologik xaritasi 1-asosiy savol bo'yicha darsning maqsadi: Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining mazmuni, maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari to'g'risida ma'lumotlar berish. Identiv o'quv maqsadlari: 1.1. Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining mazmunini ochib bera oladi. 1.2. Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining maqsadi va vazifalarini izohlay oladi. 1-asosiy savolning bayoni: Barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'lim tizimida ham ilm-fan taraqqiyoti natijalari, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining joriy qilinishi turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishiga olib kelmoqda. ta'lim oluvchilar axborot miqdori oshib borayotgan bugungi kunda yangi bilimlarni tezda o'zlashtirib olishlari uchun o'quv adabiyotlarining turli shakllaridan foydalanishlari talab etiladi. O'quv adabiyotlarining mazmuni ta'lim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni takomillashtirish, yangi bilimlarni turli o'quv adabiyotlaridan izlab topish ko'nikmalarini hosil qilishni ta'minlashi kerak. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi Farmoniga asosan, Vazirlar Mahkamasining Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risidagi 2002 yil 6 iyunda Qaror qabul qilingan edi. Unda ta'lim sifatini oshirish maqsadida ta'lim standartlariga muvofiq elektron o'qitish bazasini yaratish vazifasi yuklatilgan. O'quv adabiyotlari muayan ta'lim turi o'quv rejasida qayd etilgan fanlar bo'yicha tegishli o'quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o'zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan manba bo'lib, ikki shaklada tayyorlanadi: an'anaviy (bosma) o'quv adabiyotlari va elektron o'quv adabiyotlari. an'anaviy (bosma) o'quv adabiyotlari - ta'lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari, ma'lumotlar hajmi, shriftlari, qog'oz sifati, muqova turi va boshqa ko'rsatkichlarni hisobga olgan qog'ozda chop etiladigan manbadir. Elektron o'quv adabiyotlari - zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma'lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo'lgan manbadir. Uzluksiz ta'lim tizimi o'quv-tarbiyaviy jarayonida o'quv adabiyotlarining quyidagi turlari qo'llaniladi: darslik, o'quv qo'llanma, lug'at, izohli lug'at, ma'lumotlar to'plami, leksiyalar kursi, leksiyalar to'plami, metodik ko'rsatma, metodik qo'llanma, ...
![Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining predmeti [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.26 KB
Ko'rishlar soni
245 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.26 KB
Ko'rishlar soni
245 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:30 ]
Arxiv ichida: doc