Elektron darsliklarni yaratishda qo'llaniladigan dasturiy vositalar Asosiy savollar: 1. Elektron darsliklarni yaratishda qo'llaniladigan dasturiy vositalar takibi va ularning imkoniyatlari. 2. Elektron darsliklarni yaratishda qo'llaniladigan dasturiy vositalardan foydalanish. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Microsoft Office dasturlar, HTML tili imkoniyatlaridan foydalanish, Dreamweaver dasturidan foydalanish, Masromedia Flash, Visual Basic va Delphi dasturlari imkoniyatlari. Mavzuga oid asosiy muammolar: 1. Elektron darsliklarni yaratishda qo'llaniladigan dasturiy vositalar takibi va ularning imkoniyatlarini izohlab bering. 2. Elektron darsliklarni yaratishda qo'llaniladigan dasturiy vositalardan foydalanish bosqichlarini izohlang. Mashg'ulotning texnologik xaritasi 1-asosiy savol bo'yicha darsning maqsadi: Elektron darsliklarni yaratishda qo'llaniladigan dasturiy vositalar takibi va ularning imkoniyatlari haqida ma'lumot berish. Identiv o'quv maqsadlari: 1.1. Elektron darsliklarni yaratishda qo'llaniladigan dasturiy vositalar takibi va ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlarga ega bo'ladi 1.2. Elektron darsliklarni yaratishda qo'llaniladigan dasturiy vositalar takibi va ularning imkoniyatlari mazmuniga izoh bera oladi. 1-asosiy savolning bayoni: Elektron darsliklar yaratishda hammamizga malum bo'lgan Microsoft Word matn protsessoridan ham unumli foydalanish mumkin. Har qanday elektron darsliklarning asosiy mazmuni albatta, matnli ma'lumotlardan iborat bo'ladi. Bu matnlarni esa Word dasturida kiritish juda oson va qulaydir. Bu joyda biz Word dasturining matn ustida ishlashdagi imkoniyatlari haqida to'xtalib o'tmoqchi emasmiz. Word dasturining imkoniyatlari bilan barchamiz tanishmiz. Wordda elektron qo'llanma yaratishda ma'lumotlar avvalo, tayyorlanib, unda giperaloqalar, gipermurojaatlar o'rnatilib, matn gipermatn ko'rinishiga keltiriladi. Gipermatn-boshqa matnli hujjatlarga yo'l ko'rsatuvchi matndir. Bu esa boshqa matnli fayllarga tezda o'tish imkonini beradi. Gipermatnlar yordamida WW (World Wide Web-butunjahon o'rgimchak to'ri) hujjatlariga yani xalqaro kampyuter tarmog'iga kirish va ulardagi ma'lumotlar bilan tanishish mumkin. Gipermatn yordamida nafaqat matnli ma'lumotlarni rangli harakatdagi tasvirlarni, turli videoko'rinishlarni, umuman multimedia ma'lumotlarini ham ko'rish mumkin. Gipermatnlarda kalit so'zlar deb ataluvchi ajratilgan so'zlar mavjud bo'lib, ular orqali boshqa ma'lumotlarga murojaat qilish va u orqali ma'lumotlarni topish gipermurojaat deb ataladi. Ajratilgan so'z va iboralar-gipermatn aloqalari,qisqacha giperaloqalar deb yuritiladi. Worddagi ma'lumotlarni gipermatn ko'rinishiga o'tkazish juda oddiy bo'lib, tayyorlangan matnni saqlashda Fayl menyusining Soxranit kak Web stranitsu buyrug'i bosiladi va tayyorlangan matn web sahifa ko'rinishida xotirada saqlanib qolinadi. Saqlangan hujjat .htm kengaytmaga ega bo'ladi. Wordda gipermurojaatlar o'rnatish xuddi Power Point dasturidagi kabi amalga oshiriladi. Giperaloqa o'rnatiladigan so'zni shunday tanlash kerakki, uni ishga tushirganda berilayotgan ma'lumot shu so'zga mos kelishi kerak. Masalan, elektron qo'llanma mundarijasini kiritgach, har bir mavzuga giperaloqa o'rnatib, o'sha mavzuga mos keluvchi ma'lumotlarga yani hujjatlarga bog'lasak, foydalanuvchi ishlash jaryonida kerakli mavzuni tanlashi bilan, shu mavzuga doir ma'lumotlar chiqadi. Bu albatta foydalanuvchi uchun birqancha qulayliklar yaratadi. Ko'pchilik foydalanadigan elektron ko'rinishdagi matnli ma'lumotlar asosan HTML tilida tayyorlanadi. HTML (Hyper Text Markyp Language-gipermatnni belgilash tili) ...
![Elektron darsliklarni yaratishda qo'llaniladigan dasturlar [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:30 ]
Arxiv ichida: doc