Mavzu: Elektron dasrlik va uning turlari Reja: Elektron pedagogika asoslari. O'quv maqsadli elektron vositalar va ularning turlari. Elektron darslik, uning turlari, yaratish tamoyillari. Internetdagi elektron o'qitish vositalar. Elektron pedagogikaning asosiy maqsadi shundan iboratki, zamonaviy AKT muhitda o'qitish-ta'lim jarayonini samarali tashkil etish. Elektron pedagogikaning predmeti pedagogik tizim hisoblanadi. Pedagogik tizim qo'yidagi komponentlarni o'z ichiga oladi: o'qituvchi, o'quvchi, ta'limning maqsad va vazifalari, o'qitish mazmuni, o'qitish shakl, usul va vositalari. Zamonaviy AKT ushbu barcha komponentlariga o'zini hissasini qo'shib kelmoqda. An'anaviy va zamonaviy AKT muhitida tashkil etilgan ta'limni qiyosiy tahlili Elektron o'quv-uslubiy majmua - zamonaviy AKT muhitida fanning asosiy komponenti hisoblanadi, chunki unda fanning maqsad va vazifalari, mazmuni, o'qitishning zamonaviy shakl, usul va vositalari hisobga olingan. O'quv maqsadli elektron vositalarni yaratish quyidagi uchta muhim bosqichning o'zaro bog'liqligini ta'minlaydi: mazmun bosqichi - bu bosqichda elektron vositalarning axborot-ta'lim resurslarini shakllantirish va uning axborot ta'minoti mazmuni yaratiladi; tashkiliy bosqich - bu bosqichda elektron vositalar yaratishning texnik jihatlari bilan bir qatorda, foydalanuvchilarning toifalarini aniqlashtirish, mavjud resurslarni tizimlashtirish va yangilab borish mexanizmlarini ishlab chiqish, ta'lim muassasalaridagi mavjud resurslarni integratsiyalash, elektron ta'limni tashkil etish, axborot-ta'lim resurslariga bo'lgan talabni aniqlash maqsadida foydalanuvchilar bo'yicha statistik ma'lumotlarni yig'ish va tahlil etish amalga oshiriladi; metodik ta'minot bosqichi - bu bosqichda elektron vositalardan o'quv jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish, maslahat xizmatlarini bajarish yo'lga qo'yiladi. O'quv maqsadli elektron vositalarni yaratish quyidagi kontseptual tamoyillarga ega bo'lishi lozim: Maqsadga yo'naltirilganlik tamoyili. Integratsiya tamoyili. To'laqonlilik tamoyili. Yaxlitlik tamoyili. Ochiqlik tamoyili. Elektron darslik - kompyuter texnologiyalariga asoslangan o'qitish metodlaridan foydalanishga mo'ljallangan o'qitish vositasi bo'lib, undan mustaqil ta'lim olishda va o'quv materiallarini har tomonlama samarali o'zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o'quv materiallari talabaga interaktiv usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o'rinli foydalaniladi. Elektron darsliklar quyidagi qismlardan iborat bo'lishi zarur: 1. O'rgatuvchi qism - gipertekstga asoslangan va statik, dinamik rasmlardan iborat. 2. Mashq qildiruvchi qism - xatolarni ko'rsatib beruvchi va to'g'ri xulosaga olib keluvchi. 3. Nazorat qiluvchi - testlar orqali nazorat qiluvchi tizim asosida shakllanadi. Elektron darsliklar quyidagi asosiy xossalari bilan ajralib turadi: ta'limni va o'quv mashg'ulotlarini yuqori sifatli darajada olib borilishini ta'minlashi; mustaqil ta'lim olish va egallangan bilimlarni mustaqil baholash imkoniyatining berilishi; ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarning uyg'unligi; axborot-ta'lim resurslarini rivojlantirish va tezkor yangilab borish imkoniyatining mavjudligi; matn, shuningdek, boshqa axborot materiallarini maxsus navigatsiya (gipermatn) va illyustratsiya (multimedia vositalari, rasmlar, diagrammalar va jadvallar) orqali taqdim etilishi. Elektron darsliklarning quyidagi belgilariga ko'ra o'zaro farqlash mumkin: I. Foydalanish maqsadlariga ko'ra: jamoa bo'lib va individual foydalaniladigan ...
![Elektron dasrlik va uning turlari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.37 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.37 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:30 ]
Arxiv ichida: docx