Elektron raqamli imzo va uning turlari [info-referat]

Elektron raqamli imzo va uning turlari [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Elektron raqamli imzo va uning turlari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Nizomiy nomidagi TDPU Fizika-matematika fakulteti Informatika yo'nalishi 4-kurs talabasi Umarova Faridaning Axborot xavfsizligi fanidan Elektron raqamli imzo va uning turlari mavzusidagi Bajardi: Umarova F Tikshirdi: Mirzaaxmedova N Toshkent2016-2017 Elektron-raqamli imzo. RYeJALAR: Hujjat tushunchasi; Hujjatlarning turlari; Elektron hujjat; an'anaviy va elektron hujjat almashish; Imzo va uning ahamiyati; Muhr va uning ahamiyati; Elektron raqamli imzo; Elektron raqamli imzodan muhr o'rnida foydalanish; Elektron kalitlar va sertifikatlar; Elektron hujjat almashish tizimlari. Hujjat tushunchasi. Hujjat - matn, tovush yoki tasvir shaklida yozilgan axborot bo'lib, zamon va makonda uzatish hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo'ljallangan moddiy obyektdir. Hujjat turlari. Hujjat turlari - hujjatlarni o'z shakliga ko'ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: Matnli hujjatlar. Qog'ozga yozuv mashinasi, qo'l yoki axborot kommunikatsiya vositalari yordamida tushirilgan qandaydir mano beruvchi so'zlar ketma-ketligidir. Tovushli hujjatlar. Ovoz yozish vositalari yordamida yozib olingan tovushli axborot. Tasvirli hujjatlar. Fotosurat, rang tasvir mahsuli. Elektron hujjat. Elektron hujjat O'zbekiston Respublikasining Elektron hujjat aylanishi to'g'risidagi 2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta'riflanadi. Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish (tanib olish) imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga (ma'lumotlarga) ega bo'lgan axborot elektron hujjatdir. Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak. Elektron hujjat Axborot kommunikatsiya vositalari qo'llab quvvatlaydigan texnologiya yordamida inson uchun qulay shaklda saqlanadigan, uzatiladigan va taqdim etiladigan va uni tanib olishga imkon beradigan rekvizitlarga ega elektron vositalardagi axborot - bu elektron hujjatdir. Elektron hujjatning rekvizitlari quyidagilardan iborat: Elektron raqamli imzo; Jo'natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jo'natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; Jo'natuvchining pochta va elektron manzili; Hujjat yaratilgan sana. an'anaviy va elektron hujjat almashish. Odatda hujjatlarni an'anaviy tarzda almashish jarayonida pochta xizmati muhim rol o'ynaydi. Chunki pochta xizmatining asosiy vazifasi jo'natmalarni o'z manzillariga yetkazib berishdan iboratdir. Ushbu holatda hujjatlar konvertga solinadi va aloqa bo'limiga topshiriladi. Shundan so'ng pochta xizmati xodimlari tomonidan hujjat kerakli manzilga jo'natiladi va etkaziladi. Elektron hujjatlarni almashish tizimi esa an'anaviy hujjat almashish tizimidan biroz farq qilinadi. Bunda hujjat elektron ko'rinishda kompyuter, telekommunikatsiya va Internet tarmog'i orqali uzatiladi. Elektron hujjatlarni almashish jarayonida maxsus ixtisoslashtirilgan tizimlardan (E-hujjat) yoki elektron pochta xizmatidan foydalaniladi. Elektron hujjat almashish tizimlarida hujjatlarni uzatish juda tezkor amalga oshiradi. Imzo va uning ahamiyati. Imzo - hujjatning haqiqiyligini va yuborgan jismoniy shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydigan insonning fiziologik xususiyati. Imzo orqali insonning shaxsi hamda u ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 802.21 KB
Ko'rishlar soni 375 marta
Ko'chirishlar soni 63 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:32 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 802.21 KB
Ko'rishlar soni 375 marta
Ko'chirishlar soni 63 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga