MICROSOFT EXCEL DASTURI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOTLAR Zamonaviy komp'yuterlarning dasturiy ta'minotining tarkibiy qismiga kiruvchi MICROSOFT OFFICE paketidagi asosiy vositalardan biri jadval prosessori deb ataluvchi EXCEL dasturidir. EXCEL WINDOWS operasion qobig'i boshqaruvida elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo'ljallangan. Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo'ljallangan bo'lsa-da, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga xam, masalan, formulalar bo'yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar ko'rishga xam katta yordam beradi. Shuning uchun EXCEL dasturini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi va xar bir foydalanuvchidan EXCEL bilan ishlay olish ko'nikmasiga ega bo'lish talab etiladi. Inson o'z ish faoliyati davomida ko'pincha biror kerakli ma'lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba'zida esa, murakkab bo'lgan ishlarini bajarishga majbur bo'ladi. MICROSOFT EXCEL dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va kizikarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir. MICROSOFT EXCEL elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida karalib, iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina kolmay, balki xar kungi xarid qilinadigan ozik-ovqatlar, uy-ruzKor buyumlari hamda bankdagi hisob raqamlari hisob-kitobini olib borishda xam yordam beruvchi tayyor dasturdir. eXCEL elektron jadvalining asosiy elementlari MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma'lumotlar jadval Ko'rinishida namoyon bo'lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma'lum qismiga boshlang'ich va birlamchi ma'lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar va boshlang'ich ma'lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo'lgan axborotlardir. Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma'lumotlarni kiritish mumkin: - matnli; - sonli ifodalar; - formulalar. Matnli ma'lumotlar sarlavxa, belgi, izoxlarni o'z ichiga oladi. Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir. Formulalar - kiritilgan sonli qiymatlar bo'yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir. Formulalar xar doim «=» belgisini qo'yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo'ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri uzgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi ma'lumotlar bo'yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi. EXCELning asosiy ishlov berish obyekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari (dokumentlari) ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega bo'lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Uar bir Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o'z ichiga olishi mumkin. Ularning xar biri «ishchi varaq» deb ataladi. Uar bir ishchi varaq o'z nomiga ega bo'ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, ya'ni elektron jadval hisoblanadi. Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir. Yacheyka - bu jadvaldagi manzili ko'rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oraliKida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil bo'lgan ustun va qator nomi ...
![Excel dasturi haqida umumiy ma'lumot [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
39.91 KB
Ko'rishlar soni
575 marta
Ko'chirishlar soni
59 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:33
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
39.91 KB
Ko'rishlar soni
575 marta
Ko'chirishlar soni
59 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:33 ]
Arxiv ichida: docx