Excel diagrammalar bilan ishlash [info-referat]

Excel diagrammalar bilan ishlash [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Excel diagrammalar bilan ishlash [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

DIAGRAMMALAR BILAN IShLASh Diagrammalar grafiklar deb xam ataladi. Ular elektron jadvallarning ajralmas qismidir. Diagramma - sonli jadval ko'rinishida berilgan axborotlarni ko'rgazmali namoyish etish usulidir. Ma'lumotlarni diagramma shaklida namoyish etish bajarilayotgan ishni tez tushunishga va uni tez xal qilishga yordam beradi. Jumladan, diagrammalar juda katta xajmdagi sonlarni ko'rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydalidir. Diagrammalar asosan sonlar bilan ish yuritadi. Buning uchun ishchi jadval varaqiga bir necha son kiritiladi, So'ng diagramma tuzishga kirishiladi. Odatda, diagrammalar uchun foydalanilayotgan ma'lumotlar bir joyda joylashgan bo'ladi. Ammo bu shart emas. Bitta diagramma ma'lumotlarni ko'p sonli ishchi varaqlar va xatto ishchi kitoblardan xam olishi mumkin. EXCELda tuzilgan diagrammalarni joylashtirishning ikki xil varianti mavjud: 1. Diagrammani varaqning ichki elementi sifatida bevosita varaqka qo'yish. (Bu diagramma joriy qilingan diagramma deb ataladi.) 2. Ishchi kitobning yangi diagrammalar varaqida diagramma qo'yish. Diagramma varaqi ishchi kitobning varaqidan bitta diagrammani Saqlashi va yacheykalari bo'lmaganligi bilan farq qiladi. Agar diagramma varaqi faollashtirilsa, unda EXCEL menyusi u bilan ishlash uchun mos holda o'zgaradi. Diagrammani joylashtirish usullaridan kat'i nazar, diagramma ko'rish jarayonini bevosita boshqarish mumkin. Ranglarni o'zgartirish, shkala masshtabini o'zgartirish, tur (setka) chiziqlariga qo'shimchalar kiritish va boshqa elementlarni qo'llash mumkin. EXCEL diagrammasi ishchi jadval varaqining ma'lumotlari bilan bevosita bog'liq. Ishchi jadval varaqidagi ma'lumotlar uzgartirilsa, tezda ularga bog'liq bo'lgan diagramma chiziqlari o'zgaradi. Diagrammalarning bir necha xil turlari mavjud: chiziqli, doiraviy, grafik shakldagi va boshqalar. EXCELda diagrammalarning ixtiyoriy turini tuzish mumkin. Ayrim diagrammalar juda murakkab shakllarni xam aks ettiradi. Masalan, bargli, halqasimon va x.k. Diagrammalar hosil kilingandan keyin u uzgarmas holatda bo'lmaydi, balki xar doim uning shaklini uzgartirib turish va maxsus bichimlash atributlarini qo'shish, yangi ma'lumotlar to'plami bilan to'ldirish, mavjud ma'lumotlar to'plamini boshqa diapazon yacheykalardan foydalanadigan qilib ma'lumotlarni o'zgartirish mumkin. Boshqa grafik obyektlar kabi diagrammalarni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish xam mumkin. Uning o'lchamlarini, nisbatlarini o'zgartirish, chegaralarini to'g'rilash va ular ustida boshqa amallarni bajarish xam mumkin. Joriy qilingan diagrammaga o'zgartirishlar kiritish uchun sichqoncha ko'rsatkichining chap tugmasini ikki marta bosish kerak bo'ladi. Bunda diagrammalar faollashib, EXCEL menyusi diagrammalar bilan ishlash uchun kerakli buyruqlarni ko'rsatadi. Joriy qilingan diagrammalarning asosiy afzalligi shundaki, ularni diagramma tuzish uchun foydalanilgan ma'lumotlar yoniga joylashtirish mumkin. alohida varaqda joylashtirilgan diagrammalar butun varaqni egallaydi. Agarda bir nechta diagramma tuzmokchi bo'lsangiz, unda xar birini alohida varaqlarga joylashtirish maqsadga muvofik. Shunda varaqdagi diagrammalarning «kurinarlilik darajasi» saqlanadi. Bundan tashqari, bu usul kurilgan diagrammalarni tezda topish imkonini beradi, chunki bu holda diagramma varaqining mukova yorlig'iga mos nomlar berish mumkin. «Master diagramm» (Diagrammalar ustasi) bilan ishlash «Master diagramm» (Diagrammalar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.15 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:34 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.15 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga