FUNKSIYaLAR BILAN IShLASh Funksiya - bu formulalarda qo'llaniladigan kiritib qo'yilgan tayyor uskunalar qolipidir. Ular murakkab bo'lgan matematik va mantikiy amallarni bajaradi. Funksiyalar quyidagi ishlarni bajarish imkonini beradi. 1. Formulalarni qisqartirish. 2. Formulalar bo'yicha boshqa qilib bo'lmaydigan hisob ishlarini bajarish. 3. Ayrim muharrirlik masalalarini xal qilishni tezlashtirish. Barcha formulalarda oddiy () kavslar ishlatiladi. Kavs ichidagi ma'lumotlar argumentlar deb ataladi. Funksiyalar qanday argumentlar ishlatilayotganligiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Funksiyaning turlariga qarab ular quyidagicha ishlatilishi mumkin: - argumentsiz; - bir argumentli; - kayd qilingan cheklangan argumentlar soni bilan; - noma'lum sondagi argumentlar soni bilan; - shart bo'lmagan argumentlar bilan. Funksiyada argumentlar ishlatilmasa xam, bo'sh kavslar kursatilishi lozim. Masalan, =RAND(). Agar funksiyada bittadan ortik argument ishlatilsa, ular orasiga nuqtali vergul (;) qo'yiladi. Formulalarga funksiyani kiritishning ikkita usuli mavjud: klaviatura yordamida kulda kiritish va EXCEL dagi «Master funksiy» (Funksiyalar ustasi) piktogrammasi orqali kiritish. Funksiyani kiritish usullaridan biri kulda klaviaturadan funksiya nomi va argumentlar ro'yxatini kiritishdan iborat. EXCEL funksiyani kiritishda uning nomidagi belgilarni yuqori registrga uzgartiradi, chunki formula va funksiyalarda kichiq xarflar ishlatish mumkin. Agar dastur kiritilgan matnni yuqori registrga uzgartirmagan bo'lsa, demak, u yozuvni funksiya deb qabul kilmagan, ya'ni funksiya noto'g'ri kiritilgan bo'ladi. EXCELdagi «Master funksiy» (Funksiya ustasi) funksiya va uning argumentini yarim avtomatik tartibda kiritishga imkon yaratadi. «Master funksiy» (Funksiyalar ustasi) ni qo'llash funksiyaning yozilishi va uning xamma argumentlarini sintaktik to'g'ri tartibda kiritilishini ta'minlaydi. «Master funksiy» (Funksiyalar ustasi) ni ishga tushirish uchun standart uskunalar panelidagi piktogrammasini sichqoncha ko'rsatkichi bilan tanlash lozim. «Master funksiy» (Funksiyalar ustasi) ikkita muloqot shaklidagi darchasiga ega. Kategoriyalar darchada 11 ta turli xil sohalarga tegishli bo'lgan funksiyalar kategoriyalari berilgan. Agar foydalanuvchining masxus funksiyalari xam kullanilsa, bu kategoriyalar soni undan xam ko'p bo'lishi mumkin. Funksiyalar ro'yxatidagi kategoriyalardan biri tanlab olinsa, muloqot oynasida shu funksiya kategoriyasiga tegishli funksiyalarning ro'yxati chiqadi. Ruyxatlar darchasida funksiyalardan biri tanlab olinsa, argumentlar ro'yxati bilan foydalanish haqida qisqacha ma'lumot paydo bo'ladi. Bu quyidagi rasmda keltirilgan (8.9-rasm): «Master funksiy» (Funksiyalar ustasi) bilan ishlash haqida tavsiyanomalar 1. Agar tanlangan funksiya haqida qo'shimcha ma'lumot olmokchi bo'lsangiz, unda sichqoncha ko'rsatkichini «Spravka» (Ma'lumot) tugmasiga olib borib bosing. 2. Yangi funksiyani kiritishda «Master funksiy» (Funksiyalar ustasi) avtomatik ravishda qator boshiga «=» (teng) belgisini kuyadi. 3. «Master funksiy» (Funksiyalar ustasi) ni chaqirishda yacheyka bo'sh bo'lmasa, unda yacheykadagi ma'lumotlar uchirib tashlanadi. 4. «Master funksiy» (Funksiyalar ustasi) ni mavjud bo'lgan formulaga yangi funksiyani kiritishda qo'llash mumkin. Buning uchun formulani taxrirlashda funksiya kiritilishi kerak bo'lgan joyga kursorni qo'yish, keyin esa bu kiritishni amalga oshirish uchun «Master funksiy» (Funksiyalar ustasi)ni ...
![Excel funksiyalar bilan ishlash [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.7 KB
Ko'rishlar soni
175 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:34
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.7 KB
Ko'rishlar soni
175 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:34 ]
Arxiv ichida: docx