Faks-modemlar va ularning interfeyslari. Faks aloqasini o'rnatish tamoyillari. Faksimil qurilmasi axborotlarini jo'natish va qabul qilish. «Barcha madaniylashgan insoniyat fakslarni yozayotgan, imzolayotgan va o'qiyotganlarga, bu fakslarni uzatayotgan va qabul qilayotganlarga va bu fakslarni hech qachon ko'rmaganlarga bo'linadi; buning ustiga so'nggi guruh, tugab bormoqda». (Tadbirkor odamlar xazili) Butun tijorat tez rivojlanib borayotganda faksimil aloqa oddiygina raqobatga bardosh berib turish uchun ham kerak, bu yerda muvaffaqiyatga erishish to'g'risida gapirmasa ham bo'ladi. Agar siz kontraktni (shartnomani) darhol yubora olmasangiz, u holda buyurtmachini yo'qotishingiz mumkin. Agar siz yangi eskizni u tayyor bo'lishi bilanoq darhol namoyish eta olmasangiz, mijozni yo'qotishingiz mumkin. Buyurtmachilar va mijozlarga kerakli hujjatlar darhol kerak va bu muammoni tezkor, oddiy va qimmat bo'lmagan faksimil aloqa bilan hal etish mumkin. Faksimil aloqa oddiy pochta yoki kurer xizmatidan tezkorgina emas, balki u deyarli barcha holatlarda juda arzon hamdir (adolat yuzasidan shuni takidlash lozimki, so'nggi yillarda faksimil aloqaga jiddiy raqobatni elektron pochta - «E-mail» yaratmoqda). Faksimil aloqa (facsimile communication) - qo'zg'almas tasvir va matnlarni masofadan turib uzatish jarayonidir; uning asosiy vazifasi hujjatlarni jo'natuvchining qog'ozli varaqlaridan oluvchining qog'ozli varaqlariga uzatishdan iboratdir; bunday hujjatlar sifatida matnlar, chizmalar, rasmlar, sxemalar, fotosuratlar va sh.o'. bo'lishi mumkin. Aslini olganda, axborotni faksimil uzatish usuli hujjatlarni masofadan turib nusxasini ko'chirishdir. Faksimil aloqani oldin fototelegraf aloqa deyilar edi, lekin TTXMK ning tavsiyalari bo'yicha «fototelegraf aloqa» atamasini faqat yarim ochiq rangli tasvirlarni uzatish tizimi uchungina qo'llash kerak; yanada umumiyrog'i «faksimil aloqa» atamasidir, u ham yarim ochiq, rangli, ham shtrixlangan hujjatlarni uzatish tizimlariga xosdir. Faksimil aloqa asosiga elektr signallarni vaqt oralig'dagi ketma-ketliklarini uzatish usuli qo'yilgan bo'lib, bu signallar uzatilayotgan hujjatning ayrim elementlarini yorqinligini xarakterlaydi. Uzatilayotgan tasvirni elementlarga yoyib chiqishni yoyish, bu elementlarni ko'rib chiqish va o'qishni esa skanerlash deyiladi. Faksimil aloqaning muhim afzalligi uzatishning to'liq avtomatlashganligi bo'lib, bunga qog'ozli hujjat-manbadan ma'lumotni o'qish va qog'ozli hujjat-qabul qiluvchida ma'lumotni qayd qilish kiradi. Faksimil aloqani tashkil etish uchun faksimil apparatlar (telefakslar) va aloqa kanallari ishlatiladi: hammadan ko'proq telefon kanallardan, kamroq integral servisli (ISDN) raqamli kanallari va aloqa radiokanallardan foydalaniladi. Faksimil aloqa standartlari va rejimlari Faksimil aloqada turli xil ma'lumotlarni uzatish standartlari va ajratish qobiliyati rejimlari (faqat eng mukammal telefakslardagina ta'minlanadi) ishlatiladi. xalqaro tasnifga muvofiq xabarlar uzatish standartlarining 4 ta guruhi mavjud bo'lib, ular 12-jadvalda keltirilgan. Faksimil axborotni telegraf aloqa kanali bo'yicha uzatish tezligi 4800-28800 bits oraliqdarda yotadi (TTXMK V.34 standarti); raqamli kanallarni ishlatganda ma'lumotlarni qing'iroq siqish imkoniyati bor va uzatish tezligi 6400 bits gacha etadi. 12-jadval Faksimil xabarlarni uzatish standartlari Faksimil apparatlari ma'lumotlarni uzatish tezligini, agar qabul qilayotgan telefaks ...
![Faks modemlar va ularning interfeyslari | Faks aloqasini o'rnatish [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.71 KB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.71 KB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:34 ]
Arxiv ichida: doc