Fayl tizimlari | Fayl tizimi funktsiyalari va ma'lumotlar ierarxiyasi [info-referat]

Fayl tizimlari | Fayl tizimi funktsiyalari va ma'lumotlar ierarxiyasi [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Fayl tizimlari | Fayl tizimi funktsiyalari va ma'lumotlar ierarxiyasi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Fayl tizimlari. Fayl tizimi funksiyalari va ma'lumotlar ierarxiyasi. FAT fayl tizimlari. Fayllarni joylashtirish jadvali. boshqa fayl tizimlari. Ular imkoniyatlari. Fayl va katologlarga murojaat va chegaralari. Fayllarni boshqarish tizimlari, Ko'pgina zamonaviy OT larning asosini tashkil etadi. M-n, UNIX OT i, fayl tizimisiz ishlamaydi, unda fayl tizimi asosiy tushunchalardan biridir. Hamma zamonaviy OT lar fayllardan va ular bilan ishlash uchun mos dastur tahmintidan foydalanadi. Gap shundaki, birinchidan, fayl tizimi orqali ma'lumotlar bo'yicha ko'pgina ishlov beruvchi dasturlar bog'lanadi. Ikkinchidan, bu tizim orqali disk makonini markazlashtirilgan holda taqsimlash va ma'lumotlarni boshqarish muammolari yechiladi. Va nihoyat, foydalanuvchilar o'z ma'lumotlariga murojaat qilishning oson usullariga ega bo'ladilar, bu ma'lumotlarni, tashqi xotira qurilmalarida joylashtiradilar. Turli OT lar va tashqi xotiraning turli qurilmalari uchun yaratilgan Ko'pgina fayl tizimlari mavjuddir. Ularda, mos ravishda ma'lumotlarni joylama (nositelg') da joylashtirishning har xil prinsiplaridan foydalaniladi. Biz, FAT, FAT 32 va NTFS fayl tizimlari bilan tanishamiz. Ayniqsa, hozirgi kunda eng Ko'p tarqalgan fayl tizimi bilan - NTFS bilan tanishish muhim ahamiyatga egadir. Fayl tizimi funksiyalari va ma'lumotlar ierarxiyasi. Fayl deganda, odatda nomlangan, bir xil tuzilishga ega bo'lgan yozuvlardan tashkil topgan ma'lumotlar to'plami tushuniladi. Bu ma'lumotlarni boshqarish uchun, mos ravishda fayl tizimlari yaratiladi. Fayl tizimi, ma'lumotlar mantiqiy strukturasinining va ularga ishlov berish jarayonida bajariladigan amallar bilan ish olib borish imkonini beradi. Aynan fayl tizimi, ma'lumotlarni disklarda yoki biror-bir boshqa jamlamada tashkil etish usulini aniqlaydi. Fayl tizimining qabul qilingan spetsifikatsiyalari bo'yicha, fayllar bilan ishlashni amalga oshiruvchi maxsus tizimli dasturiy ta'minotni, ko'pincha fayllarni boshqaruv tizimi deyiladi. Aynan, fayllarni boshqarish tizimi, fayl ma'lumotlarini yaratish, yo'qotish tashkil etish, o'qish, yozish, modifikatsiya qilish va joyini o'zgartirish va u bilan birga fayllarga murojaatni va fayllar tomonidan foydalaniladigan resurslarni boshqarishga javob beradi. Fayllarni boshqarish tizimining FBT asosiy vazifasi, bizga kerakli bo'lgan yozuvning aniq fizik adresini ko'rsatib, quyi darajada murojaat o'rniga, fayl ko'rinishida tashkil etilgan ma'lumotlarga murojaatning qulay usulini berishidir, ya'ni fayl nomi va undagi yozuvni nomini ko'rsatib, mantiqan murojaat qilishga imkon berishdir. Fayllarni boshqarish tizimi yordamida, foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi: foydalanuvchilarning muloqat funksiyalarini (uning ma'lumotlari bilan) amalga oshiruvchi va fayllarni boshqarish tizimidan faol foydalanuvchi, maxsus boshqaruvchi funksiyalar yordamida yoki o'z dasturlaridan, nomli ma'lumotlar to'plamini (fayllarni) yaratish, olib tashlash va qayta nomlash (va boshqa operatsiyalar); disksiz periferik qurilmalar bilan fayl kabi ishlash; fayllar orasida, qurilmalar o'rtasida (va teskari) ma'lumotlar almashinish; fayllarni boshqarish tizimi dasturiy modullariga murojaat usuli bilan fayllar bilan ishlash (API ning bir qismi fayllar bilan ishlashga mo'ljallangan); fayllarni huquqsiz murojaatdan himoya qilish. Qoida bo'yicha hamma zamonaviy OT lar o'z fayllarini boshqarish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.45 KB
Ko'rishlar soni 250 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.45 KB
Ko'rishlar soni 250 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga