Fayllarni arxivlash va kompyuter viruslaridan saqlanish Ma'lumotlarni arxivlash va arxivlash dasturlari [info-referat]

Fayllarni arxivlash va kompyuter viruslaridan saqlanish Ma'lumotlarni arxivlash va arxivlash dasturlari [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Fayllarni arxivlash va kompyuter viruslaridan saqlanish Ma'lumotlarni arxivlash va arxivlash dasturlari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Fayllarni arxivlash va kompyuter viruslaridan saqlanish. Ma'lumotlarni arxivlash va arxivlash dasturlari Reja: Fayllarni arxivlash tushunchasi va arxivlash dasturlari Fayllarni arxivlash va arxiv faylarni ochish Arxivlash dasturlari - diskda joyni tejash maqsadida fayllar hajmini kichraytirishga imkon beruvchi dasturlar. Ular turlicha ko'rinishda ishlatilsa-da, ishlash tamoyili bir xil: fayllarda aynan takrorlanadigan o'rinlar mavjud bo'lib, ularni diskda to'liq saqlash mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarining vazifasi takrorlanadigan shunday bo'laklarni topib, ularning o'rniga boshqa biror ma'lumotni yozish hamda ularning ketma-ketligini aniq ko'rsatishdan iboratdir. Bunday ko'rinadiki, turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha bo'ladi. Masalan, matn yozilgan fayllar 2 martagacha siqilsa, rasmlarni tasvirlovchi fayllar to'rt, hatto besh martagacha siqiladi. Dasturlar ifodalangan fayllar esa juda kam - 1% ga yaqin siqiladi. O'rtacha qilib aytganda arxivlash dasturlari fayllar hajmini 1,5-2 barobar qisqartirishga imkon beradi. Arxivlash dasturlari anchagina. Ular qo'llaniladigan matematik usullar, arxivlash, arxivni ochish tezligi va eng asosiysi, siqish samaradorligi bilan bir-biridan farq qiladi. Arxivlash dasturlarida yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari PKZIP, LHARC, ARJ, RAR dasturlaridir. Arxiv fayl yagona faylga birlashtirilgan bir yoki bir necha faylning siqilgan holdagi ko'rinishi bo'lib, undan kerakli hollarda fayllarni dastlabki ko'rinishda chiqarib olish mumkin. Arxiv fayli undagi fayllar nomlarini ko'rsatuvchi mundarijaga ega bo'ladi. Arxivda joylashgan har bir fayl haqida ma'lumot beruvchi mundarijada quyidagilar joylashgan bo'ladi: fayl nomi; fayl joylashgan katalog haqida ma'lumot; fayl o'zgartirilganligini ko'rsatuvchi sana va vaqt; faylning diskdagi, arxivdagi o'lchami va parametrlari. PKZIP PKUNZIP va ARJ dasturlari arxiv fayllarining nomlari odatda quyidagi kengaytmalarga ega bo'ladi: ZIP - PKZIP PKUNZIP dasturlari arxiv fayllari uchun; ARJ - ARJ dasturi arxiv fayllari uchun. Fayllarni arxivlash va arxiv fayllarni ochish Fayllarni arxivlash bilan ARJ dasturi misolida tanishib chiqamiz. Agar MATN katalogidagi fayllarni arxivlash lozim bo'lsa, arj a matn ko'rinishidagi buyriq beriladi. Bu yerda arj arxivlash dasturining nomi, a - «add» (qo'shimcha qilmoq) so'zidan olingan arxivni tuzish yoki mavjud arxivga fayllarni qo'shimcha qilish amalini anglatuvchi ko'rsatma, matn esa hosil qilinadigan arxiv faylning nomi. Mazkur buyruq berilgandan so'ng fayllarni arxivga joylashtirish boshlanadi va bunda har bir faylning nomi hamda uning siqitish foizi ko'rsatib boriladi. Dastur ishi tugagandan so'ng, katalogdagi barcha fayllarni o'z ichiga olgan matn.arj arxiv fayli hosil bo'ladi. (fayl nomidagi arj kengaytmali arxivlash dasturining o'zi qo'shiladi.) Maskur buyruq LHarc arxivlash dasturi uchun LNarc a matn ko'rinishida, PKZIP arxivlash dasturi uchun Pkzip - a matn ko'rinishida bo'ladi. Buyruqlar mos ravishda matn.lzh va matn.zip fayllarini hosil qiladi. Joriy katalogdagi fayllarni bir buyruq yordamida boshqa katalog yoki boshqa diskka arxivlash ham mumkin. Buning uchun buyruq ko'rinishi quyidagicha bo'ladi: arj ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.71 KB
Ko'rishlar soni 270 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:35 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.71 KB
Ko'rishlar soni 270 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga