Informatika va axborot texnologiyalari [info-referat]

Informatika va axborot texnologiyalari [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Informatika va axborot texnologiyalari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Mavzu : Access Ma'lumotlarni qidirish doim mushkul va ko'p vaqt talab etadi, ammo bu ishni Access so'rov yordamida tez va osongina amalga oshiradi. Biz 3-bobda jadvallarni loyihalash, unga ma'lumotlarni kiritish va jadvalga tegishli ba'zi bir tushunchalar bilan tanishdik. Jadvalga ma'lumotlarni kiritish qanchalik qiyin bo'lsa, undan kerakli ma'lumotlarni ajratib olish undan ham mushkuldir. Bu ishlarni amalga oshirish uchun Access da so'rov (Запросы) ob'ekti kiritilgan bo'lib, u juda ko'p imkoniyatlarga ega. 4.1. Konstruktor yordamida so'rovlar hosil qilish So'rovlar yordamida bir nechta jadvallardagi ma'lumotlarni ko'rish, tahlil qilish va o'zgartirish mumkin. SHuningdek, ulardan forma va hisobotlar uchun manba sifatida ham foydalaniladi. So'rov ko'pincha tanlash uchun ishlatiladi. Uning bajarilishi jarayonida tanlov shartlarini qanoatlantiruvchi ma'lumotlar bir yoki bir nechta jadvallardan (so'rovlardan) tanlanadi va ma'lum tartibda aks ettiriladi. Access da so'rovlarning bir necha turi mavjud. So'rovlarni hosil qilish uchun ma'lumotlar bazasi oynasidan (2.4-rasm) so'rov (Запросы bo'limini tanlaymiz (4.1-rasm). Hosil bo'lgan oynada Создать bo'limini tanlab 4.2-rasmdagi oynani hosil qilamiz. Bu Konstruktor - konstruktor yordamida so'rov hosil qilish. Bu bo'lim 4.1-rasmdagi Создание запроса в режиме конструктора bo'limi bilan bir xildir. oynada so'rovlar hosil qilish-ning 5 ta usuli keltirilgan: Konstruktor - konstruktor yordamida so'rov hosil qilish. Bu bo'lim 4.1-rasmdagi Создание запроса в режиме конструктора bo'limi bilan bir xildir. Простой запрос - oddiy so'rovlar hosil qilishning qulay usullaridan biri bo'lib, u 4.1-rasmdagi Создание запроса с помошью мастера bo'limi bilan bir xildir. So'rovlar hosil qilishning qolgan usullari bilan keyingi paragraflarda batafsil tanishamiz. So'rovlar hosil qilishning eng qulay va umumiy usuli konstruktor usulidir. Sizga ma'lumki, jadvallarni loyihalashda ham konstruktordan foydalanganmiz. So'rovlarni loyihalashda ham konstruktordan foydalaniladi. So'rov natijasini ko'rish uchun esa so'rovni ishga tushirish kerak. Faraz qilaylik bizda talabalarga tegishli bo'lgan quyidagi ma'lumotlar bazasi bo'lsin (4.3-rasm): Bu ma'lumotlar bazasida talabaning kodi, familiyasi, fakulteti, kursi, potoki, guruh kodi, talabaga ma'lum bir fandan dars beradigan o'qituvchining kodi va qaysi viloyatdan kelganligi tasvirlangan. Ma'lumotlar bazasiga kiritilgan talabalar soni 502 ta. Oddiy so'rovlar. Bizdan quyidagi narsalarni akslantiruvchi so'rov talab qilinsin: Talaba kodi Talabaning familiyasi va ismi Fakulteti Kursi Demak 4.3-rasmdagi jadvalda keltirilgan ma'lumotlardan talabaga tegishli 4 ta parametrni (maydonni) ajratib olishimiz kerak. Buning uchun mos so'rovni loyihalashimiz lozim. Loyihalashni konstruktordan foydalanib amalga oshiramiz. So'rovni loyihalashning konstruktor holatini tanlaymiz, natijada ekranda so'rov blankasi (so'rovning konstruktor holati) paydo bo'ladi (4.4-rasm). So'rovlarni hosil qilishda asosan jadvallardan yoki oldin hosil qilingan so'rovlardan foydalanish mumkin. Mos ravishda Таблицы yoki Запросы yoki Таблицы и Запросы bo'limlaridan birini tanlaymiz. Bizning holatga Таблицы bo'limi mos keladi. So'rovda ishtirok etayotgan jadvallarni Добавление таблицы darichasidagi jadvallar ro'yxatidan tanlaymiz ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.07 MB
Ko'rishlar soni 222 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.07 MB
Ko'rishlar soni 222 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga