Informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsadi [info-referat]

Informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsadi [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsadi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsadi. Muallif: Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti. Uzluksiz va diskret axborotlar. Ilmiy texnika rivojining diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri - hisoblash texnikasining inson faoliyatining barcha sohalariga keng miqyosda tatbiq qilinishidir. Xalq xo'jaligining rivoji o'z navbatida yuqori unumli elektron hisoblash mashinalarini (EHM), raqamli-programmali boshqariladigan stanoklar va qurilmalar, sanoat robotlari va ishlab chiqarish modullarini ishlab chiqarishni ko'paytirish va keng miqyosda tatbiq etishni talab etadi. Avtomatlashtirishning asosiy quroli bo'lib, o'zining algoritmik va programma ta'minotiga ega bo'lgan kompyuterlar xizmat qiladi. Dvigatel va robotlarning kashf qilinishi jismoniy mehnatni avtomatlashtirish asrini ochgan bo'lsa, kompyuter va sun'iy intellekt vositalarning paydo bo'lishi inson aqliy faoliyatida xuddi shunday yangi davrni boshlab berdi. Shuning uchun ilmiy - texnika rivojining hozirgi bosqichi ko'pincha kompyuter inqilobi deb yuritiladi. Elektron hisoblash texnikasining, ayniqsa, mikrokompyuter vositalarining tez rivoji o'ziga xos yangi ilmga turtki berdi. Hozirgi paytda informatika faniga ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash va boshqarish bilan bog'liq bo'lgan yangi ilmiy yo'nalish sifatida qaralmoqda. Kompyuterlarni yangi aloqa vositalari orqali bog'lash imkonining vujudga kelishi informatsion texnologiyaning va shu jumladan qog'ozsiz informatikaning imkoniyatlarini keskin oshirdi. Bu zamonaviy texnologiya jamiyat turmushining barcha sohalariga o'z amaliy ta'sirini o'tkazmoqda. Agar 70-yillarda EHM-lar maxsus hisoblash markazlarida joylashtirilib, faqat mutaxassis-operatorlar bu EHM-larda ishlagan bo'lsa, hozir esa kompyuterlar ixcham, lekin juda imkoniyati keng bo'lgan qurilma bo'lib, mutaxassislarga avtomatlashtirilgan ravishda ma'lumotlar va bilimlar bankiga bevosita murojaat qilish imkonini ta'minlaydi. Ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash bo'yicha kompyuterlarni samarali qo'llash doirasi kundan-kunga kengayib bormoqda. Informatikani tadbiq etishning asosiy sohalari quyidagilardir: - ishlab chiqarishni to'liq avtomatlashtirish va robotlashtirish; - ilmiy izlanishlar va loyihalashtirishni avtomatlashtirish; - tashkiliy - iqtisodiy boshqarishda informatikani qo'llash; - maktablar, kollejlar, oliy o'quv yurtlarida o'qitish va kadrlar tayyorlashni kompyuterlashtirish; - xizmat ko'rsatish, sog'liqni saqlash va aholi turmush sohalariga informatikani tadbiq etish. Xususiy kompyuterlarning paydo bo'lishi informatikani tatbiq etish va kompyuter bo'yicha savodsizlikni tugatishni tezlatishga asosiy turtki bo'ldi. Hozirgi zamon kompyuterlariga bo'lgan qiziqish shuning uchun ham oshdiki, ular masalani yechishda mehnat unumdorligini keskin oshirdi. Masalan, katta integral sxemalarini loyihalashtirishni avtomatlashtirishda kompyuterlarning qo'llanishi loyihalarni ishlab chiqishni bir necha yildan bir necha oygacha qisqartirish imkonini berdi. Bu integral sxemalar yangi kompyuterlarda qo'llanishini hisobga olsak, kompyuterlarning mukammallashib borishi juda tez yuz berishi va yaqin orada juda ham mukammal kompyuterlar yaratilishi kutilishiga umid qilishimiz mumkin. Xususiy kompyuterlarning imkoniyatlari avtomatlashtirilgan ish o'rinlari (AIO')- ning yangi avlodini yaratish imkonini beradi. Bunday aqlli stantsiyalar programma ta'minotining asosiy qismlaridan biri bo'lib funktsional protsessorlar xizmat qiladi. Funktsional protsessorlar turli xildagi ma'lumotlardan qulay holda foydalanish, foydalanuvchi va kompyuter orasida samarali dialog rejimini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.54 KB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.54 KB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga