Informatika va axboroy texnologiyalari fanidan LABORATORIYA ISHLARI to'plami INFORMATIКA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (Amaliy-laboratoriya ishi) Laboratoriy ishlari to'plami. Ushbu amaliy-laboratoriya mashg'ulotlari yangi zamonaviy kompyuterlarning barchasida bajarish uchun mo'ljallangan bo'lib, unda WINDOWS operasion tizimi bilan ish olib borish, WORD matn muharririda matnlar kiritish va ularni kerakli holatlarga o'tkazish, PAINT grafik dasturida turli xil shakllarni yasash va ularni tahrirlash, POWER POINT taqdimot dasturida yangi turli xil slaydlar yaratish va ularni namoyish etish uchun kerakli animasion effektlarni tanlab olish, EXCEL elektron jadvali yordamida turli xil hisob-kitob ishlarini olib borish va ulardan foydalanish, ma'lumotlar bazasini boshqaruvchi tizimlar MS ACСESS dasturi yordamida ma'lumotlar bazasini yaratish, unga xizmat ko'rsatish, zamonaviy informasion tarmoqlar, MICROSOFT INTERNET EXPLORER dasturi yordamida butun jahon bo'yicha kompyuterlararo ma'lumotlar almashishni va muloqot o'rnatishni ta'minlashni keltirib o'tilgan. Mazkur qo'llanma, oliy o'quv yurtlari va barcha qiziquvchilarga mo'ljallangan. TUZUVChILAR: o'q-Maxmudova.M , Qo'chqorova.S TAQRIZChI: Informatika va axborot texnologiyalari asoslari kafedrasining 2008 yil sonli va institut o'quv uslubiy kengashining 2008 yil sonli qarori bilan ma'qullangan. КIRISH Hozirgi kunda mamlakatimizning rivojlanishi, dunyo miqyosidagi nufuzi va salohiyatini orttirishda ta'lim sohasidagi islohotlar muhim ahamiyatga ega. Jamiyatimiz taraqqiyoti va tarixini aks ettirish uchun qog'ozli hujjatlarning yetarli emasligi zamona talabi bo'lmoqda. Har kuni jahonda yaratiliyotgan hujjatlarning milliardlab nusxalarini qog'oz tashkil etmoqda. Buning uchun qanchalar qog'oz kerakli ekanligini va qanchalar o'rmonlar yakson qilinib, ekologiya buzilib ketayotganligi va naqadar ko'p vaqt sarflanayotganligini anglash qiyin emas. Ish yuritish jarayonida insonlar o'rtasidagi munosabat va muloqotlar ham turli tillarda olib borishi kam samara beradi (tarjimonlar kerak, ularga haq to'lash lozim). Ana shunday vaziyatlarda ilmiy-texnika taraqqiyoti mahsuli bo'lgan zamonaviy axborot texnologiyalari va uning moddiy asosi - kompyuterlar xizmatidan keng foydalanib, elektron hujjatlar tashkil etish va avtomatik tarjima qiladigan vositalarni yaratish davr taqozasi bo'lib qolmoqda. Ta'lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirilishi natijasida har bir fanning mazmuni qayta yaratilishi, uzviy va uzluksizligi ta'minlanishi hayot bilan bog'lab olib borish lozim. Oliygohlar dasturiga «Informatika va informasion texnologiyalar» fani umumta'lim fani sifatida kiritilgan. «Informatika va informasion texnologiyalar» fanini o'tishdan maqsad qishloq xo'jaligi sohasidagi oliygohlarda ta'lim olayotgan talabalarga informatika va informasion texnologiyasining nazariy va amaliy dasturlar haqida bilimlar berishdan iborat. Mutaxassislikka oid bo'lgan amaliy ishlar va mashg'ulotlarni olib borish bilan talabalarning bo'lg'usi mutaxassisligiga oid malakalar hosil qilinadi. Yuqoridagilarni amalga oshirishda muhim o'rin egallagan fanning umumtizimli dastur ta'minoti, amaliy masalalarni hal qilish uchun zarur dastur ta'minoti, zarur dasturiy ta'minotlariga oid mazmunni yaratish va yoritish barcha nazariy va amaliy mashg'ulotlarni tashkil qilishning zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalariga asoslangan uslubiyoti haqida to'xtalib o'tildi. Ma'lumki har bir o'qituvchi darsni tashkil ...
![Informatika va axborot texnologiyalari laboratoriya ishlari to'plami [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
535.3 KB
Ko'rishlar soni
328 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
535.3 KB
Ko'rishlar soni
328 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:43 ]
Arxiv ichida: doc