Internet haqida tushuncha [info-referat]

Internet haqida tushuncha [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internet haqida tushuncha [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Internet haqida tushuncha Тayanch so'z va iboralar: Internet- bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlari-ni bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog'i. Internetning paydo bo'lish tarixiga qisqacha to'xtalib o'taylik. 1969-yilda AQSH Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar agentligi (Advenced Research Projects Agency, ARPA)ga mamlakatdagi barcha harbiy (ilmiy tadqiqot va o'quv) muassasalardagi kompyuterlarni birlashtiruvchi yagona tarmoq yaratish topshiriigan edi. Bu tarmoq (ARPA Net) harbiy mutaxassislarga axborot almashishga yordam ko'rsatishga mo'ljallangan edi. Uni yaratishda foydalanuvchilarning tizimga kirish imkoniyati, boshqa kompyuterlardagi dasturlarni ishlatish (ulardan foydalanish), fayl va xabarlarni elektron aloqa orqali uzatish va boshqalar nazarda tutilgan. Eng asosiysi, tizimni ishlab chiqaruvchilar oldiga ishonchli, ayrim kompyuter yoki aloqa kanallari ishdan chiqqanda ham o'z ish qobiliyatini saqlab qoluvchi, «o'ta chidamli» tarmoqni yaratish masalasi qo'yilgan edi. ARPA Net tarmog'ining rivojlanishi bilan turli tarmoqlarni o'zaro bogiash, ya'ni yagona tarmoq yaratish muammosi yuzaga keladi. Bunday standart 1974- yilda yaratildi. 1983- yilda esa AQSH Mudofaa vazirligining ARPA Net shaxobchalaridagi barcha mashinalarida ishlab chiqilgan standartlardan foydalanish haqida buyruq chiqarildi. Bu standartlarni ishlatish uchun esa o'sha paytlarda keng tarqalgan operatsion tizim UNIX operatsion tizimi ishlatildi. 1986- yilga kelib AQSH Milliy fanlar fondi (National Science Foundation - NSF) tomonidan o'zining oltita superkompyuterli markazini birlashtirish uchun tayanch tarmoq yaratildi. Bu tarmoq juda quvvatli va yuqori sifatli qurilmalar va AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan standartlarga asoslangan edi. 1992- yil NSF kompaniyasi ana shu tayanch tarmoqni boshqarishiga kelishib olindi. Ana shu vaqtdan boshlab internet nafaqat davlat (o'quv va ilmiy) muassasalarida, shuningdek, tijorat maqsadlarida ham ishlatila boshlandi. Internet asta-sekin AQSH chegaralaridan chiqib boshqa mamlakatlarga, dastlab Yevropa, keyinchalik Osiyo, Afrikaga ham tarqaldi. Bugungi kunda internet haqiqatan ham dunyoviy tarmoqqa aylangan. Axborotlarni tadqiq qilish NUA firmasining 2001- yil noyabr oyida bergan ma'lumotiga ko'ra 200- yilda internet tarmog'i-dan foydalanuvchilar miqdori quyidagicha bo'lgan: Internetning tarkibiy qismlari va resurslari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Internet o'z-o'zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo'lib, asosan uchta - texnik, dasturiy, axborotii tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Internetning texnik tarkibiy qismi turli rusumdagi kompyuter, aloqa kanallari, tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgan. Ularning barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko'rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining ishdan chiqishi tarmoqning umumiy faoliyatiga ta'sir etmaydi. Internetning dasturiy ta'minoti tarmoqqa ulangan kompyuter va tarmoq vositalarini yagona standart asosida muloqot qilish, ma'lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash hamda tarmoqda axborot xavfsizligini ta'minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar majmuidan iborat. Internetning axborotii qismi internet tarmog'ida mavjud bo'lgan turli elektron hujjat, grafik, rasm, audioyozuv, videotasvir va h.k. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.66 KB
Ko'rishlar soni 221 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.66 KB
Ko'rishlar soni 221 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga