Kompyuter grafikasida rangni ifodalash. Asosiy rang modellari. RGB additiv rang modeli. CMY rang modeli. HSV rang modeli. HLS rang modeli. Maqsad: Yorug'lik, rang, RGB, CMY, HSV rang sistemalar, grafik fayllarning formatlari o'rganish. Kalit so'zlari: Yorug'lik, rang, rang sistemalar, RGB, CMY, HSV, grafik fayllarning formatlari. Reja: 1. Kompyuter grafikasida rangni ifodalash. 2. Asosiy rang modellari, RGB additiv rang modeli. 3. CMY rang modeli. 4. HSV rang modeli, HLS rang modeli. Kompyuter grafikasida rangni ifodalash Rang tushunchasi odam (odamning ko'zi) yorug'likni qanday qabul qilishi bilan bog'lik. Yorug'likni uz navbatida ikki xil tushunish mumkin - xar-xil energiyali zarrachalarning oqimi (u xolda rangni zarrachalarning energiyasi aniqlaydi), yoki elektro magnit to'lkinlarning oqimi (bu xolda rang to'lqin uzunligi λ orqali aniqlanadi). Ko'rinadigan yorug'lik bu 400-700 nm (nanometr) gacha bo'lgan to'lkin uzunligiga ega elektromagnit to'lkinlar. Rang odamning ko'zida tug'iladi. Odamning ko'zi yorug'likni qanday qabul qilishini ko'ramiz. Ko'zning setchatkasi fotoretseptorga ega - kolbochki. Ular tor (ensiz) spektral egri chiziqlar bilan xarakterlanadilar(tavsiflanadilar) va rang xissiyotiga ega. Ular (kolbochki) uch xil bo'ladilar - uzun, o'rta va qisqa to'lqinlar xissiyotiga javob beruvchi. Ular (kolbochki) tomonidan beriladigan qiymat spektral funktsiya I(λ) bilan xissiyot vazniy funktsiyaning integrallash natijasi. Rasmda uch xil tipdagi kolbochyoklar uchun xissiyot funktsiyalarning grafiklari keltrilgan. SHunday qilib, odam ko'zi spektral funktsiya uchun I(λ) ,mos ravishda uchta sonni quyadi. (R,G,B) va ular quyidagi furmula yordamida hisoblanadi: Bu yerda: PR(λ) , PG(λ) , PB(λ) - mos ravishda, har-xil tipdagi «kolbochyok» larning vazniy xissiyot funktsiyalari. Odam ko'zining umumiy xissiyoti uchun javob beruvchi egri chiziqni grafigini olish uchta egri chiziqlar grafiklari o'zaro yig'iladi. Aslida ayrim grafiklar manfiy qiymatlarni xam qabul qilishlari mumkin. 1931 yilda Yoritish (Yorug'lik) buyicha Xalkaro Komissiya (YoXK) si (CIEComission Internationale de L'Eclairage) gipotetik ideal kuzatuvchi uchun standart egri chiziqlarni qabul qildi. Ular yordamida XYZ rang modeli quriladi, bunda x,y,z asosiy ranglar. X,Y,Z ning qiymatlari quyidagi munosabatlar orqali ifodalanadi: Ushbu uchta sonlar orqali odam ko'zi qabul qiladigan ixtiyoriy rangni bir qiymatli ifodalash mumkin. Aytish joyzki Y rangi uchun javov beruvchi energiya taqsimoti egri chizig'i odam ko'zining yorug'likka bo'lgan xissiyot spektral egri chizig'i bilan ustma-ust tushadi. RGB rang modeli (sistemasi) RGB (red-kizil, green-yashil, blue-ko'k) rang modeli eng oddiy deb hisoblanadi. Bu rang modeli additiv, yaьni biror bir kerakli rangni xosil qilish uchun uning asosiy ranglari yig'iladi. Barcha bu sistema orqali ifodalanuvchi ranglar birli kubni tashkil qiladi (yaьni uning ichida yotadi). Kubning bosh diagonali, ya'ni barcha asosiy ranglar miqdori barobar, kul ranglarni beradi, ya'ni qoradan (0,0,0) oq (1,1,1) ranggacha. CIE XYZ sistemasidan RGB ...
![Kompyuter grafikasida rangni ifodalash [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
190.03 KB
Ko'rishlar soni
177 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
190.03 KB
Ko'rishlar soni
177 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:54 ]
Arxiv ichida: doc