Kompyuter tarmog'i turlari. Tarmoqlarning asosiy tashkil etuvchi apparatlari. Turli tarmoqlarni hosil qilishda texnik ta'minot tarkibi. Mahalliy tarmoqqa xizmat ko'rsatish jarayoni Tarmoqlarning dasturiy tashkil etuvchilari. Tarmoqda ishlash imkoniyatini beruvchi dasturlar. Reja: Lokal tarmoqlar. Mintaqaviy tarmoqlar. Global tarmoqlar. Tayanch so'z va iboralar: Tarmoq, stansiya, lakal tarmoq, (LAN), mintaqviy tarmoq (MAN), global tarmoq (WAN), Markazlashtirilgan. Korxonalar miqyosida iqtisodiyotni boshqarish mazkur jarayonda katta jamoalarning ishtirok etishini talab qiladi. Bu jamoalar shaharning turli tumanlarida, mamlakatning turli mintaqalarida va hatto boshqa-boshqa davlatlarda joylashgan bo'lishi mumkin. Boshqaruvni oqilona amalga oshirishni hal etish uchun axborot almashish tezligi va qulayligi, shuningdek ma'muriyatning uzviy aloqada bo'lish imkoniyatlar muhim va dolzarb bo'lib qoladi. 1970-1980 yillarda ushbu masalalarni hal etishda axborotni markazlashtirilgan qayta ishlash tizimlaridan (1.3-rasm) foydalanish keng tus olgan edi. Katta moddiy xarajatlar talab qiluvchi elektron hisoblash mashinalardan (EHM) markazlashgan usulda foydalanish avvalo uning hisoblash quvvatidan beunum foydalanishiga va kompyuter resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini cheklanishiga olib keldi. Qolaversa markaziy EHM ning biror bir qismining qisqa vaqtga bo'lsada ishdan chiqishi butun tizim uchun og'ir oqibatlarni keltirdi. Bu esa informatsion tizim foydalanuvchilarining barchasining ishini to'xtatishga olib keldi. Kichik EHM kompyuterlar, serverlarning dunyoga kelishi, hamda tarmoq texnologiyalarining rivoji axborotlarni yig'ish va qayta ishlashning yangi tarmoqlangan qayta ishlash texnologiyasini yaratishga asos bo'ldi (1.4-rasm). Axborotlarni qayta ishlash tarmoqlangan tizimi informatsion tizimning shunday bir turiki, unda axborotlarni qayta ishlash mustaqil ravishda alohida-alohida, lekin o'zaro informatsion aloqa kanallari bilan bog'liq bo'lgan kompyuterlarda amalga oshiriladi. ma'lumotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirish uchun ko'p mashinali birlashmalar tashkil etilib, ular ko'p mashinali hisoblash majmualari (KMQM) yoki kompyuter (hisoblash) tarmoqlari ko'rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Ko'p mashinali hisoblash majmualari yonma-yon joylashtirilgan hisoblash mashinalari guruhi bo'lib, ular maxsus bog'lash vositalari yordamida birlashtirilgandir va birgalikda yagona axborot hisoblash jarayonini bajaradi. Kompyuter (hisoblash) tarmog'i aloqa kanallari yordamida ma'lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to'plami bo'lib, u ko'p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir. Kompyuter tarmog'i tarmoq abonenti , stansiya va fizik uzatish muhiti kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Tarmoq abonentlari tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni istemol qiluvchi obyektdir. Alohida EHMlar, EHM majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo'lishlari mumkin. Tarmoqning har bir abonenti stansiyaga ulanadi. Stansiya axborot uzatish va qabul qilish bilan borliq vazifalarni bajaruvchi obyekt. Abonent va stansiya birgalikda abonent tizimi deb ataladi. Abonentlarning o'zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo'lishi kerak. Fizik uzatish muhiti elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali, ma'lumotlarni uzatish va qabul qilish ...
![Kompyuter tarmoq turlari | Tarmoqlarning asosiy apparatlari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
567.66 KB
Ko'rishlar soni
308 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
567.66 KB
Ko'rishlar soni
308 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:54 ]
Arxiv ichida: doc