Kompyuter tarmoqlar xavfsizligi | Kriptografik tizimlar [info-referat]

Kompyuter tarmoqlar xavfsizligi | Kriptografik tizimlar [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter tarmoqlar xavfsizligi | Kriptografik tizimlar [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Kompyuter tarmoqlar xavfsizligi. Axborot xavfsizligini ta'minlash. Kriptografik tizimlar. Maxfiy kalitlar, parol. Dastur matni. Algoritm blok-sxemasi Reja: Axborot xavfsizligini ta'minlash. Kriptografik tizimlar. Maxfiy kalitlar, parol. Dastur matni. Algoritm blok-sxemasi Har qanday axborot malum hayotiylik davriga ega. Quyida axborotni hayotiylik davri sxemasi keltirilgan: Kompyuter tarmoqlari havfsizligini ta'minlashdan maqsad tarmoqdagi axborotlarni himoya qilish deganidir. Xo'sh axborotni himoya qilish o'zi nima? Axborotni himoya qilish deganda: Axborotning jismoniy butunligini ta'minlash, shu bilan birga axborot elementlarining buzilishi, yoki yo'q qilinishiga yo'l qo'ymaslik; Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni elementlarini qalbakilashtirishga (o'zgartirishga) yo'l qo'ymaslik; Axborotni tegishli huquqlarga ega bo'lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo'l qo'ymaslik; Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat tomonlar o'rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo'llanishiga ishonish kabilar tushuniladi. Yuqorida takidlab o'tilganlarning barchasi asosida kompyuter tarmoqlari va tizimlarida axborot havfsizligi muammosining dolzarbligi va muhimligi kelib chiqadi. Axborotlarga nisbatan havf-xatarlar tasnifi Ilmiy va amaliy tekshirishlar natijalarini umumlashtirish natijasida axborotlarga nisbatan havf xatarlarni quyidagicha tasniflash mumkin. Xavfsizlik siyosatining eng asosiy vazifalaridan biri himoya tizimida potentsial havfli joylarni qidirib topish va ularni bartaraf etish hisoblanadi. Tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, tarmoqdagi eng katta havflar - bu ruxsatsiz kirishga mo'ljallangan maxsus dasturlar, kompyuter viruslari va dasturning ichiga joylashtirilgan maxsus kodlar bo'lib, ular kompyuter tarmoqlarining barcha obyektlari uchun katta havf tug'diradi. Tarmoq havfsizligini nazorat qilish vositalari Zamonaviy axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalarining yutuqlari himoya uslublarining bir qator zaruriy instrumental vositalarini yaratish imkonini berdi. Axborotlarni himoyalovchi instrumental vositalar deganda dasturlash, dasturiy - apparatli va apparatli vositalar tushuniladi. Ularning funksional to'ldirilishi havfsizlik xizmatlari oldiga qo'yilgan axborotlarni himoyalash masalalarini yechishda samaralidir. hozirgi kunda tarmoq havfsizligini nazorat qilish texnik vositalarining juda keng spektri ishlab chiqarilgan. Kompyuter tarmoqlarida himoyani ta'minlash usullari Kompyuter tarmoqlarida axborotni himoyalash deb foydalanuvchilarni ruxsatsiz tarmoq, elementlari va zaxiralariga egalik qilishni man etishdagi texnik, dasturiy va kriptografik usul va vositalar, hamda tashkiliy tadbirlarga aytiladi. Bevosita telekommunikatsiya kanallarida axborot havfsizligini ta'minlash usul va vositalarini quyidagicha tasniflash mumkin: Yuqorida keltirilgan usullarni quyidagicha ta'riflash qabul qilingan. To'sqinlik apparatlarga, ma'lumot tashuvchilarga va boshqalarga kirishga fizikaviy usullar bilan qarshilik ko'rsatish deb aytiladi. Egalikni boshqarish - tizim zaxiralari bilan ishlashni tartibga solish usulidir. Ushbu usul quyidagi funksiyalardan iborat: tizimning xar bir obyektini, elementini identifikatsiyalash, masalan, foydalanuvchilarni; identifikatsiya bo'yicha obyektni yoki subyektni haqiqiy, asl ekanligini aniqlash; vakolatlarni tekshirish, yani tanlangan ish tartibi bo'yicha (reglament) xafta kunini, kunlik soatni, talab qilinadigan zaxiralarni qo'llash mumkinligini tekshirish; qabul qilingan reglament bo'yicha ishlash sharoitlarini yaratish va ishlashga ruxsat berish; himoyalangan zaxiralarga qilingan murojaatlarni qayd qilish; ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.09 KB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.09 KB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga