Kompyuter tarmoqlari [info-referat]

Kompyuter tarmoqlari [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter tarmoqlari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Kompyuter tarmoqlari Reja: 1. Kompyuter tarmoқlari 2. Kompyuter tarmoқlarining turlari 3. Global tarmoқ va uning imkoniyatlari Jamiyatning xozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini komp'yuter tarmoqlarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Komp'yuter (xisoblash) tarmoqi - bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog'langan komp'yuter va terminallar majmuasidir. Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'yektlar tarmoq ob'yektlari deyiladi. Tarmoq ob'yektlari aloxida komp'yuter, komp'yuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo'lishi mumkin. Axborotlarni territorial joylashuviga ko'ra komp'yuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo'lish mumkin: global tarmoqlar, regional (mintakaviy) tarmoqlar, lokal (maxalliy) tarmoqlar. Global komp'yuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli kit'alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi. Mintakaviy komp'yuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzokda joylashgan biror mintakaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shaxar ichidagi yoki iktisodiy regionda yoki aloxida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq. Lokal (maxalliy) tarmoq kichiq bir xududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog'langan bo'ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Maxalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash mumkin. Global, mintakaviy va maxalliy tarmoqlar birlashmasi ko'p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet komp'yuter tarmoqi keng tarqalgan, ommaviylashgan global komp'yuter tarmoqidir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining uzi «tarmoqlar orasida» ma'nosini bildiradi. Internet aloxida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O'zining shaxsiy komp'yuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaxarga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko'rib chiqishi, N'yu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng So'nggi ko'rgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqishi, tarmoqka ulangan abonentlar bilan konferensiyada yoki uyinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini maxalliy komp'yuter tarmoqlari tashkil etadi. Komp'yuterlarni maxalliy tarmoqka ulashning uch Ko'rinishi mavjud: xalkasimon; shinali; yulduzsimon. Xalkasimon bog'lanishda komp'yuterlar yopik chiziq bo'yicha bog'langan bo'ladi. Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo'ladi. Axborot xalka bo'yicha komp'yuterdan komp'yuterga o'tadi. Tarmoqning shinali bog'lanishida ma'lumotlar uzatuvchi komp'yuterdan shina bo'yicha xar ikki tomonga uzatiladi. Yulduzsimon boglanishda markaziy komp'yuter mavjud bo'lib, unga kolgan barcha komp'yuterlar boglangan bo'ladi. Тayanch so'z va iboralar: jamiyat, bosqich, komp'yuter (xisoblash) tarmoqi, tarmoq ob'yektlari, global tarmoqlar, regional (mintakaviy) tarmoqlar, lokal (maxalliy) tarmoqlar, abonentlar, telefon, xalkasimon, shinali, yulduzsimon. Savol va topshiriqlar: Komp'yuter tarmoqiga ta'rif bering. Tarmoq ob'yekti nima? Komp'yuter tarmoqlari necha sinfga bo'linadi? Global komp'yuter tarmoqi qanday tarmoq? Maxalliy tarmoqka ulangan komp'yuterlar necha xil ko'rinishda bog'lanishlari mumkin? Tarmoqning shinali va yulduzsimon bog'lanishlari orasidagi asosiy farq nimalardan iborat? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.39 KB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.39 KB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga