Kompyuter tarmoqlarini klassifikatsiyasi [info-referat]

Kompyuter tarmoqlarini klassifikatsiyasi [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter tarmoqlarini klassifikatsiyasi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Kompyuter tarmoqlarini klassifikatsiyasi Reja: Kompyuter tarmoqlarini tasniflanish usullari Kompyuter tarmoqlarini tasniflanishida axborot uzatishni fizik muhiti usullari, Tarmoq texnologiyasi bilan tanishish: Token Ring, ArcNet texnologiyasi, Ethernet texnologiyasi. Fast Ethernet texnologiyasi Gigabir Ethernet, 10 gigabit Ethernet, ATM va X.25 texnologiyalari Tayanch iboralar: Bo'lim, kampus,korporativ, koaksial kabellar, o'ralgan juft simli kabel, shisha tolali kabellar, EIATIA 586, ECMA, Ethernet, Token-Ring. Tarmoqlarni klassifikatsiyalashdagi yana bir ommaviy usul ularni tarmoq ishlaydigan ishlab chiqarish bo'linmalarining masshtabi bo'yicha klassifikatsiyalashdir. Bo'lim tarmoqlari, kampus tarmoqlari va korporativ tarmoqlar farqlanadi. Bo'lim tarmoqlari - bir korxona bo'limida ishlovchi xodimlarning nisbatan katta bo'lmagan guruhi foydalanuvchi tarmoqlardir. Bu xodimlar ba'zi umumiy masalalarni yechadi, masalan, buxgalteriya hisobini olib boradi yoki marketing bilan shug'ullanadi. Bo'limdagi xodimlar soni 100-150 nafarcha bo'ladi, deb hisoblanadi. Bo'lim tarmog'ining asosiy maqsadi ilovalar, ma'lumotlar, lazer printerlari va modemlar kabi lokal resurslarni taqsimlashdir. Odatda, bo'lim tarmoqlari bir yoki ikkita faylli serverga va o'ttizdan oshmagan foydalanuvchilarga. Bo'lim tarmoqlari, odatda, qism tarmoqlariga ajratilmaydi. Bu tarmoqda korxona trafigining katta qismi yig'ilgan bo'ladi. Bo'lim tarmoqlari, odatda, Ethernet, Token Ring tarmoq texnologiyalarining biri asosida yaratiladi. Bunday tarmoq uchun bir yoki ko'pida ikki xil operatsion sistemalar xarakterlidir. Ko'pincha bu tarmoqda server ishlatilgan, masalan, Net Ware, ammo foydalanuvchilarning ko'p bo'lmaganligi bir rangli operatsion sistemani, masalan, Windows 95 ni ishlatish imkonini beradi. Bo'lim sathida tarmoqni boshqarish masalalari nisbatan sodda: yangi foydalanuvchilarni qo'shish, oddiy buzilishlarni bartaraf etish, yangi uzellarning installatsiyasi va programma ta'minotining yangi versiyalarini o'rnatish. Bunday tarmoqni ma'muriyat ishlariga faqat qisman vaqtini bag'ishlovchi xodim boshqarishi mumkin. Ko'pincha bo'lim tarmog'i ma'muri maxsus tayyorgarlikka ega bo'lmaydi, ammo kompyuterlarni hammadan yaxshi tushunadigan xodim hisoblanadi. Bo'lim tarmog'iga yaqin yana bir tarmoq mavjud - ishchi guruhlar tarmog'i. Bunga 10-20 nafargacha kompyuteri bo'lgan kichik tarmoqlar kiradi. Ishchi guruhlar tarmoqlarining xarakteristikalari yuqorida keltirilgan bo'lim tarmoqlari xarakteristikalaridan farq qilmaydi. Tarmoq soddaligi va bir jinsliligi kabi xususiyatlar bu tarmoqlarda yuqori darajada namoyon bo'ladi. Bo'lim tarmoqlari ba'zi hollarda masshtabi bo'yicha keyingi xil tarmoqlarga - kampus tarmoqlariga yaqinlashishi mumkin. Kampus tarmoqlari Kampus tarmoqlari nomi inglizcha «campus» - «talabalar shaharchasi» so'zidan olingan. Xuddi shu universitet shaharchalari hududida ko'pincha bir necha mayda tarmoqlarni bitta katta tarmoqqa birlashtirish zaruriyati paydo bo'lgan. Hozirda bu nomni talabalar shaharchalari bilan bog'lashmaydi va undan ixtiyoriy korxona va tashkilotlar tarmoqlarini belgilashda foydalanishadi. Kampus tarmoqlarining asosiy xususiyatlari quyidagilar. Tarmoqlarning bu xili bir necha kvadrat kilometr maydonni qoplovchi alohida bino yoki bitta hudud doirasidagi bir korxonaning turli bo'limlari tarmoqlari to'plamini birlashtiradi. Kampus tarmoqlarida global bog'lanishlar ishlatilmaydi. Bunday tarmoqning xizmatlariga bo'lim tarmoqlari orasidag aloqa, korxonaning umumiy ma'lumotlar bazalaridan foydalanish, umumiy faks-serverlardan, tezkorligi yuqori ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.96 KB
Ko'rishlar soni 331 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.96 KB
Ko'rishlar soni 331 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga