Kompyuter viruslari va ularning turlari [info-referat]

Kompyuter viruslari va ularning turlari [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter viruslari va ularning turlari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Kompyuter viruslari va ularning turlari Reja: Kompyuter virusi tushunchasi Viruslardan himoyalanuvchi maxsus dasturlar Antivirus dasturlarining turlari Kompyuter virusi o'lchami bo'yicha katta bo'lmagan maxsus yozilgan dasturdan iborat bo'lib, u o'zini boshqa dasturlarga «yozib qo'yilishi», shuningdek, kompyuterda turli noxush amallarni bajara olishi mumkin. Bunday dastur ishlashni boshlaganda dastlab boshqaruvni virus oladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va unga «yuqadi», shuningdek, qandaydir zararli amallarni (masalan, diskdagi fayl yoki fayllarning joylashish jadvalini buzadi, tezkor xotirani «ifloslaydi» va h.k.) bajaradi. Virus o'ziga tegishli amallarni bajarib bo'lgandan so'ng boshqaruvni o'zi joylashgan dasturga uzatadi. Virus joylashgan dastur odatdagidek ishini davom ettiradi. Tashqaridan dasturning «kasallanganligi» bilinmaydi. Ko'p turdagi viruslar shunday tuzilganki, kasallangan dasturni ishga tushirganda virus kompyuter xotirasida doimiy qoladi va vaqt-vaqti bilan dasturlarni kasallaydi va kompyuterda Kompyuterdagi dasturlarning kamchilik qismi kasallangan bo'lsa, virus borligi umuman bilinmaydi.Lekin aniq vaqt o'tgandan so'ng kompyuterda qiziq holatlar paydo bo'la boshlaydi. Masalan, ba'zi dasturlar ishlamay qoladi yoki noto'g'ri ishlaydi, ekranga begona ma'umotlar yoki belgilar chiqariladi, kompyuterning ishlash tezligi sezilarli darajada pasayadi, ba'zi fayllar buzilib qoladi va hokazo. Bu paytgacha kompyuterdagi anchagina dasturlar, ba'zi boshqa turdagi fayllar ishdan chiqadi. Bunday tashqari, virus disk yoki lokal tarmoq orqali boshqa kompyuterlarga o'tishi ham mumkin. Shuning uchun virusdan himoyalanmasa yoki yuqishining oldi olinmasa, juda katta noxushliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, 1989-yil amerikalik student Morris yozgan virus bilan bir necha ming kompyuter, jumladan AQSH mudofaa vazirligining kompyuterlari kasallangan va ishdan chiqqan. Oqibatda virus muallifi 3 oy ozodlikdan mahrum qilinib, unga 270 ming dollar jarima solingan. Virus dasturi ko'rinmaydigan bo'lishi uchun u juda kichik bo'lishi kerak. Shuning uchun ham ularning ko'pchiligi assembler tilida yoziladi. Hozirgi kunda 200 dan ortiq kompyuter viruslari kompyuter tizimlari va ma'lumotlari ishi uchun asosiy xavfni tashkil etadi. Bunda, asosan, zarur ko'radiganlar litsey, institut, universitetlar va boshqa tashkilotlardir. Bunday muassasa kompyuterlarida ma'lumotlardan foydalanish ochiq va chegarasiz bo'lganligi uchun viruslarning qurboni bo'linadi va katta moddiy talafot ko'riladi. Shu bois kompyuter ishini nazarotga olish muhimdir. Kompyuter ishini nazoratga olish deganda nima tushiniladi? Unga quyidagilar kiradi: litsenziyasiz dasturiy ta'minotdan foydalanmaslik; tashqaridan kiritiladigan viruslarning oldini olish; tizimga sanksiyasiz kiruvchi xakerlarga imkon bermaslik. Albatta, bunday himoya vositalari uzluksiz rivojlanib takomillashib bormoqda. Virus asosan 4 ta fazaga ega: 1. Uxlash turg'unlik fazasi. 2. Ko'payish fazasi. 3. Ishga kirish fazasi. 4. Vayron qilish fazasi. Kompyuter viruslarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: diskning yuklanish sektorlarini buzadigan yuklanish viruslari; bajariladigan fayllar-com, exe, sys, bat fayllarini buzuvchi fayl viruslari; diskning yuklanish sektori va bajariladigan fayllarni buzadigan yuklanish fayli viruslari; stels (stelth) - ko'rinmas viruslar; Microsoft Word muharriri ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.98 KB
Ko'rishlar soni 238 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.98 KB
Ko'rishlar soni 238 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga